Toşkentda turar joy ijarasi uçun eng kam narx belgilandi
Poytaxtda turar joy ijarasi uçun belgilangan eng kam narx 1 kv.m uçun 14 ming söm
Jismoniy şaxslarning mol-mulkini ijaraga berişdan olgan daromadiga soliq stavkasi 2021-yilda ham 12 foiz miqdorda saqlanib qoladi. Bu haqida Moliya vazirligining axborotida aytildi.
“2021-yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat byudjeti töğrisida”gi qonunning 8-ilovasiga köra Toşkent şahrida turar joy maydonining 1 kv.m uçun eng kam stavka 14 ming söm qilib belgilangan.
Bu degani, ijara şartnomasi bahosini özingiz hohlagandek (ayrimlar soliqdan qoçiş maqsadida şunday qilişadi) pasaytirib qöya olmaysiz. Aytaylik, 100 kv.m maydonga ega turar joyni ijaraga beruvçi şartnoma bahosini 1 mln 400 ming sömdan kam qilib belgilaşga haqli emas. Bu faqat minimal stavka xolos. Yaʼni şundan kam bölmasa böldi, qolgani taraflarning özaro kelişuviga köra belgilanadi.
👉 @xushnudbek 👈
