Özbekiston Konstitutsiyasiga özgartişlar kiritiş töğrisida qonun
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0Qonunning töliq matni
Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga özgartişlar kiritiş töğrisida
Qonunçilik palatasi tomonidan 2020-yil 24-noyabrda qabul qilingan
1-modda. 1992-yil 8-dekabrda ön ikkinçi çaqiriq Özbekiston Respublikasi Oliy Kengaşining ön birinçi sessiyasida qabul qilingan Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga (Özbekiston Respublikasi Oliy Kengaşining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 4-modda; 1994-yil, № 1, 5-modda; Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 3–4, 27-modda; Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 162-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2011-yil, № 4, 100-modda, № 12/1, 343-modda; 2014-yil, № 4, 85-modda; 2017-yil, № 4, 135-modda, № 5, 201-modda, № 8, 383-modda; 2018-yil, № 10, 674-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 3, 162-modda, № 9, 588-modda) quyidagi özgartişlar kiritilsin:
1) 7-modda ikkinçi qismining rusça matnidagi
«zakonodatelstvom, prinyatim» degan sözlar «zakonami, prinyatimi» degan sözlar bilan almaştirilsin;
2) 33-moddaning rusça matnidagi «zakonodatelstvom» degan söz «zakonami» degan söz bilan almaştirilsin;
3) 85-modda törtinçi qismi 8-bandining rusça matnidagi «zakonodatelstvom» degan söz «zakonodatelnimi aktami» degan sözlar bilan almaştirilsin;
4) 86-modda beşinçi qismi 8-bandining rusça matnidagi «zakonodatelstvom» degan söz «zakonodatelnimi aktami» degan sözlar bilan almaştirilsin;
5) 93-modda birinçi qismi 16-bandining özbekça matnidagi «qonun hujjatlari» degan sözlar «qonunçilik» degan söz bilan almaştirilsin;
6) 98-modda uçinçi qismining özbekça matnidagi «qonun hujjatlariga» degan sözlar «qonunçilikka» degan söz bilan almaştirilsin;
7) 100-modda sakkizinçi xatboşisining özbekça matnidagi «qonunlariga» degan söz «qonunçiligiga» degan söz bilan almaştirilsin;
8) 107-moddaning birinçi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Özbekiston Respublikasida sud tizimi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Özbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpoğiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toşkent şahar sudlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toşkent şahar maʼmuriy sudlari, fuqarolik işlari böyiça tumanlararo, tuman, şahar sudlari, jinoyat işlari böyiça tuman, şahar sudlari, tumanlararo, tuman, şahar iqtisodiy sudlari va tumanlararo maʼmuriy sudlardan iboratdir»;
9) 117-modda sakkizinçi qismining özbekça matnidagi «qonunlarga» degan söz «qonun hujjatlariga» degan sözlar bilan almaştirilsin.
2-modda. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini uşbu Qonunga muvofiqlaştirsin;
davlat boşqaruvi organlari uşbu Qonunga zid bölgan öz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta körib çiqişlari va bekor qilişlarini taʼminlasin;
uşbu Qonunning ijrosini, ijroçilarga yetkazilişini hamda mohiyati va ahamiyati aholi örtasida tuşuntirilişini taʼminlasin.
3-modda. Uşbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuçga kiradi.
Özbekiston Respublikasining Prezidenti Ş. Mirziyoyev
👉 @xushnudbek 👈

