Toşkentda içimlik suvi va kanalizatsiya uçun ustamalar
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlangan«Suvsoz» saytida yangi xabar paydo böldi.
Unda aytilişiça, Toşkent şahar hokimining 2-apreldagi qarori bilan:
- içimlik suvi uçun Toşkent şahar hokimining 12.01.2018-yildagi qarori bilan 1 m3 uçun 100 söm miqdorida örnatilgan maxsus ustamaning amal qiliş muddati 2019-yil uçun ham uzaytirilibdi;
- kanazilatsiya xizmatlariga esa 1 m3 uçun 100 söm miqdorida maxsus ustama belgilanibdi.
Bu haqida 9-aprel kuni «Toşkent oqşomi» va «Veçerniy Taşkent» gazetalarida xabar berilgan ekan.
@davletovuz yozganiday, «Sizlar bexabar bölsangiz, bizning ayb emas», demoqçi «Suvsoz».
Qiziq, unda taşkilotning rasmiy sayti nima uçun kerak? Mana şunaqa muhim xabarlarni tezkorlik bilan eʼlon qiliş uçun emasmi? Va asosiysi nima uçun şu gaplar keçagi xabarda yozilmagan? Xullas, «Suvsoz»ning jamoatçilik bilan işlaş xizmati yöq joydan taşkilot uçun yaxşigina boşoğriq olib keldi.
P.S.: Vazirlar Mahxkamasining 31.12.2013-yildagi 355-sonli qaroriga asosan, davlat taşkilotlarining rasmiy veb-saytdagi axborotlar davlat tilida taqdim etilişi kerak.
«Suvsoz» xabarlari rusça berilayotgani mayli, hattoki saytning özbekça versiyasini ham topa olmadim. Faqat bitta – rusça versiyada ekan, şekilli. Özbekçasini topganlar aytib yuborar.
Davlat tilida «gapirişni» örganinglar, kerak bölib qoladi.
👉 @xushnudbek 👈
