OTMlarda kontrakt miqdori oşişi haqidagi xabarlar tahlili
Kontrakt oşdimi özi yoki oşmadimi? Şudir masala
Yoki Suqrot yoki Arastu aytgan edi: "Har qanday savolga javob beriş mumkin, agar u töğri qöyilgan bölsa".
Uz24 naşrida bir xabar çiqdi, sarlavhani qarang: OTMlarda kontrakt miqdori oşgani haqidagi xabar tasdiqlanmadi
Voo, qanday zör! Qanday ajoyib xabar! Hozir kontrakt oşgani barçaning boş oğriği bölib turgan paytda bunaqa xabarlar jonning rohatiku! Darrov boşqa saytlar, Telegram kanallar ham Uz24 saytiga havola berib, qayta çop etişni boşlaşdi. Maşhurlik, ura! Ammo, lekin, biroq...
Bunday yangiliklar "ölaksa xabarlar" turkumiga kiradi. Içini öqisang, na notöğri, na töğri. Faqat şov-şuv uçun sarlavhasi şişirilgan xolos.
Xabarda şunday deyilgan:
"Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi uşbu xabarni UZ24'ga tasdiqlamadi. Vazirlik axborot xizmati rahbarining taʼkidlaşiça, Özbekiston OTMlarida tölov-şartnoma narxlari oşirilmadi."
Bu gapni töğriligi şundaki, kontraktlar 1-noyabrdan oşmaydi. Notöğriligi şundaki, kontraktlar albatta oşadi, faqat 2-semestrdan boşlab.
Jurnalist degan, şu joyida aniqlaştiruvçi savol bersa bölmaydimi? "Kontrakt butunlay oşmaydimi yoki qaysidir davrgaçami?"
Yoki xabarni özini aniqroq qilib yozişsa, batafsilroq tuşuntirsa, mundoq bir huquqiy asoslarini körsatsa bölmaydimi?
Hoynahoy jurnalist Oliy taʼlim vazirligiga "kontrakt 1-noyabrdan oşadimi?" degan. Ular "yöq" deyişgan. Tamom. Xabar tayyor - kontraktlar oşmaydi!
Natijada xalq beçora ikkilanib yuraverişadi, yarmi oşarkan deydi, yarmi oşmaskan deydi. Meni keçirasizlaru, unaqamasda endi. Ehhhh...
"Aslida bunaqa tuşuntirişni qaysidir naşr jurnalisti emas, birinçi bölib davlat taşkilotining özi berişi kerak" demoqçimisiz? Bu fikringizga ham qöşilaman, töğri.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

