Oliy taʼlim tizimida boşqaruvning yangi tamoyillari
Oliy taʼlim tizimiga oid katta qaror qabul qilindi
Şavkat Mirziyoyev 11-iyul kuni «Oliy va örta maxsus taʼlim tizimiga boşqaruvning yangi tamoyillarini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorni imzoladi.
Undagi asosiy masalalar:
👉 Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi tugatildi;
👉 vazirlik markaziy apparati tuzilmasiga oliy va örta maxsus taʼlim vazirining yoşlar, maʼnaviyat va maʼrifat masalalari böyiça örinbosari lavozimi kiritildi;
👉 rektorlar, prorektorlar, dekanlar, akademik litsey direktorlari, kasb-hunar taʼlimi muassasalari direktori va örinbosarlarini lavozimga tayinlaş detsentralizatsiya qilindi, yaʼni ularni lavozimga tayinlaş vakolatlari bir poğona quyi böğinlarga berilmoqda;
👉 2020-yildan boşlab taʼlim xizmatlari bozorida OTMlarning ayrim bakalavriat taʼlim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklariga talab yuqoriligi va moliyaviy barqarorligini inobatga olib, ular bosqiçma-bosqiç özini özi moliyalaştiriş tizimiga ötkaziladi;
👉 özini özi moliyalaştiriş tizimiga ötayotgan OTMlarga qator moliyaviy erkinliklar, masalan kontrakt miqdorini va kontrakt uçun qabul kvotalari sonini özi belgilaş, yangi bakalavriat taʼlim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklarini oçiş huquqi beriladi;
❗️ tölov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalar uçun kontrakt tölovlarini amalga oşiriş muddatlari OTM rektori tomonidan uzaytiriladi. Bu ham talabalar katta yengillik beradi, sababi ilgari kontrakt tölaş muddatini uzaytirişni Vazirlar Mahkamasi hal qilar, muddat ötib ketgan bölsa ham uzaytiriş körsatmasi oylab çözilib ketar, talabalar ham, rektorlar ham arosatda qolib ketardi.
Qarorning rasmiy matni bilan quyidagi havola orqali tanişişingiz mumkin.
👉 @xushnudbek 👈

