Salom Samadov Toşkent viloyati prokurori etib tayinlandi
Toşkent viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining 2018-yil 15-oktabrdagi buyruğiga asosan Samadov Salom Ismatoviç Toşkent viloyat prokurori lavozimiga tayinlandi.
S.Samadov 1963-yilda tuğilgan, maʼlumoti oliy, huquqşunos. 1990-yilda Xarkov yuridik institutini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi iş faoliyatini 1990-yilda Buxoro viloyati F.Xöjayev tuman prokuraturasida boşlab, Buxoro va Navoiy viloyatlari prokuraturalari organlarida turli lavozimlarda, 2005-yildan boşlab, Boş prokuratura boşqarma boşliği örinbosari, Xatirçi va Karmana tumanlari prokurori, Buxoro viloyati va Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurori örinbosari, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Qaşqadaryo viloyati prokurori, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatçisining örinbosari, birinçi örinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Avval Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining örinbosari lavozimida işlagan.
Toşkent viloyati prokurori vazifasini bajaruvçi Şavkat Töraquloviç Rahmatov öz arizasiga binoan lavozimini tark etgan edi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
