Talabalar örtasida Zakovat intellektual turniri ötkaziladi

Matn7-oktabr, 2018, 09:412 daqiqa0 koʻrish

Talabalar uçun olamşumul yangilik!

Xudo xohlasa, oktabr oyining oxirgi 10 kunligida Özbekistondagi barça OTMlar (xorijiy OTMlar filiallari ham) örtasida «Zakovat» intellektual öyini böyiça «Talabalar kubogi» taşkil etiladi.

Har bir OTMdan 7 nafardan iborat bittadan jamoa iştirok etadi.

Intellektual turnir 2 bosqiçda bölib ötadi:

1-bosqiç – mintaqaviy saralaş bosqiçi;
2-bosqiç – Respublika bosqiçi.

Mintaqaviy saralaş bosqiçida respublika böylab 4 ta mintaqa doirasida jamoalar özaro kuç sinaşadi. Bular quyidagilar:

1-mintaqa – Samarqand, Qaşqadaryo, Surxondaryo, Jizzax viloyatlari jamoalari (Samarqand şahrida, 22-oktabr);
2-mintaqa – Qoraqalpoğiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari jamoalari (Buxoro şahrida, 24-oktabr);
3-mintaqa – Farğona, Andijon, Namangan viloyatlari jamoalari (Farğona şahrida, 26-oktabr);
4-mintaqa – Toşkent şahri, Sirdaryo hamda Toşkent viloyatlari jamoalari (Toşkent şahrida, 28-oktabr).

Toşkent mintaqasida ötkazilgan saralaş bosqiçida dastlabki 6 ta örin, qolgan har bir mintaqaviy saralaş bosqiçida dastlabki 3 ta örinni egallagan jamoalar respublika bosqiçiga yöllanmani qölga kiritadi.

Respublika bosqiçi noyabr oyida Toşkent şahrida bölib ötadi va unda 15 ta jamoa iştirok etadi.

Batafsil maʼlumotlar tez orada eʼlon qilinadi.

Respublika bosqiçida çempion bölgan jamoaning barça 7 nafar talabasi Italiyaning Turin şahrida böladigan 1 haftalik öquv seminari uçun bepul yöllanmani qölga kiritadi.

Şuningdek, respublikada çempion bölgan OTM jamoasi «Zakovat» intellektual körsatuvining ekran orqali bölib ötadigan Oliy liga öyinlarida töğridan-töğri iştirok etiş masalasi ham körib çiqilmoqda.

Mintaqalarda ğolib bölgan OTM jamoalari esa ekran orqali böladigan «Urfon-şou» körsatuvida iştirok etiş huquqini qölga kiritadi.

Tayyorgarlikni boşlayvering, bunaqasi hali bölmagan! Yaxşi yangiliklar köpayaversin.

Turnir taşkilotçisi: Xalqaro mehnat taşkiloti.
Turnirning taşkiliy tomondan kömakçisi va asosiy hamkori: Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi
Turnirni ötkazişga masʼul: «Zakovat» intellektual klubi

Kanalga ulaniş:👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Samarqandlik momo oq otda

    01 daqiqa

Yana oʻqing