Korrupsiyaga qarşi takliflarni bot orqali yuboriş mumkin

Matn5-oktabr, 2018, 15:211 daqiqa0 koʻrish

Korrupsiyaga qarşi kuraşişga oid taklif va fikrlarni Telegram bot orqali yuboriş mumkin

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça respublika idoralararo komissiyasi 2019-2021-yillarga möljallangan korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça Davlat dasturi loyihasini işlab çiqiş yuzasidan iş olib borilmoqda.

Davlat dasturi loyihasi quyidagilarni nazarda tutuvçi 6 ta yönaliş böyiça şakllantirilmoqda:

👉 korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida qonun hujjatlarini yanada takomillaştiriş;
👉 fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltiriş, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş;
👉 taʼlim, soğliqni saqlaş, ijtimoiy taʼminot, davlat va jamiyat hayotining boşqa sohalarida korrupsiyaning oldini oliş böyiça çora-tadbirlar;
👉 korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni öz vaqtida aniqlaş, ularga çek qöyiş, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvçi sabablar va şart-şaroitlarni bartaraf etiş;
👉 korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida taşkiliy çoralar, tadqiqotlar ötkaziş, xalqaro hamkorlik.

Har bir fuqaro Davlat dasturi loyihasini işlab çiqişda iştirok etişi mumkin.

Buning uçun 📲 @anticorruptionuz_bot Telegram-botiga yozişingiz mumkin.

Telegram botda korrupsiya holatlari bilan boğliq muammolarni bartaraf etişga qaratilgan takliflarni taqdim etiş yoki korrupsiya bilan töqnaşilgan holatlar xususida öz fikrlarini bildiriş imkoni mavjud.

Mazkur Davlat dasturini tayyorlaşda korrupsiyaga şart-şaroit yaratuvçi muammolarni bevosita fuqarolardan örganiş alohida ahamiyat kasb etadi.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça
respublika idoralararo komissiyasi

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek