Mahalladan «spravka» söraş bekor qilindi
Mahalladan «spravka» söraş bekor qilindi
Hukumat qaroriga muvofiq, 2018-yil 15-oktabrdan davlat xizmatlari körsatilişida fuqarolarning özini özi boşqariş organlari tomonidan taqdim etiladigan quyidagi hujjatlarni talab qiliş bekor qilindi:
• şaxsning yaşaş joyi böyiça (propiska qilinganligi) yaşayotganligini;
• şaxsning işsizligini;
• bolani, yolğiz şaxslarni, pensionerlarni va nogironlarni parvariş qilganligini tasdiqlovçi hujjatlar;
• şaxsning tavsifnomasi.
Endilikda davlat xizmatlari körsatiş jarayonida şaxsning yaşaş joyi böyiça (propiska qilinganligi) yaşayotganligini va uning işsizligini tasdiqlovçi hujjatlar zarur bölsa, mazkur maʼlumotlar tegişinça Içki işlar vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi organlaridan olinadi.
2020-yil 1-yanvardan davlat xizmatlarini körsatiş jarayonida oila tarkibi, qarindoşlik darajasi va fuqaroning oilaviy ahvoli haqidagi maʼlumotlar tegişli taşkilot tomonidan FHDY organlaridan mustaqil ravişda olinadi.
Manba: @huquqiyaxborot
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
