Davlat xizmatlarini istalgan DXMda oliş mumkin böldi
1-apreldan boşlab davlat xizmatlarini istalgan DXMda olişingiz mumkin. Propiska söralmaydi
Jismoniy va yuridik şaxslar joriy yilning 1-aprel sanasidan boşlab eksterritorial tamoyil böyiça, yaʼni istalgan hududdagi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilib xizmatlardan foydalanişlari mumkin.
Maʼlumot uçun: davlat xizmatlari olişning eksterritorial tamoyili – bu fuqarolar doimiy (vaqtinça) röyxatdan ötgan joyidan va yuridik şaxslar poçta manzilidan (joylaşgan yeridan) qatʼiy nazar, istalgan hududdagi DXMga murojaat qiliş imkoniyati hisoblanadi.
Misol uçun, Toşkent şahrida faoliyat yuritişni maqsad qilgan tadbirkor Samarqand viloyatidagi markazlardan turib ham röyxatdan ötişi mumkin.
Aslida 15-fevraldagi Prezident qaroriga binoan, mazkur qulaylik 1-iyundan işga tuşişi kerak edi, lekin Davlat xizmatlari agentligining maʼlum qilişiça, muddat kelişini kutmasdan, tezroq joriy qilişibdi.
Yaxşi yangiliklar köpayaversin.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

