Hujjatlarni davlat röyxatidan ötkazişdagi muammolar
Keçagi 5 baholik tizim töğrisidagi Nizomni davlat röyxatidan ötkaziş jarayoni haqida yozgan postim böyiça kelib tuşgan xat:
«Assalom alaykum. Xuşnudbek aka, hozir telegramdagi kanalingizda eʼlon qilingan xabarni öqib, köpçilikni xabari bölmagan baʼzi holatlar haqida maʼlumot bermoqçi edim.
Aytib qöyişim kerak, men bir neça yil oldin Adliya vazirligida quyi lavozimlardan birida (eng quyisida) işlaganman va ayni paytda mazkur vazirlikda işlamayapman.
Odatda muayyan hujjatni huquqiy ekspertizadan ötkaziş va davlat röyxatini keçikişi şu hujjatni işlab çiqqan vazirlik, davlat qömitasi va boşqa idora yöl qöygan kamçiliklar sabab böladi. Misol uçun, agar hujjatning birinçi betida, yaʼni tegişli taşkilotning rahbari imzo qöygan betida imloviy yoki boşqa har qanday xato qilingan bölsa, bunday xatoni işçi tartibda töğrilab bölmaydi. Şunga köra, hujjat 2565-son bilan röyxatdan ötkazilgan adliya vazirining buyruğiga asosan davlat röyxatidan ötkaziş rad etilişi uçun asos bölişi mumkin.
Lekin agar bu holatda hujjat rad etilsa, Oliy va örta maxsus taʼlim vazirining tegişli buyruği 10 kun içida bekor qilinişi kerak va Adliya vazirligiga qayta kiritilişi kerak. Buni aniq jarayoni bundan ham murakkabroq. Rad qiliş haqidagi xat işlab çiqiladi, unda buyruqdagi barça kamçiliklar aytib ötiladi, oliy taʼlimga yuboriladi. Oliy taʼlimdagi ijroçiga bu hujjat kamida 4-5 kunda yetib boradi. Avvalgi ijroçi xatosi uçun hayfsan oladi (odatda şunaqa). Hujjatni işlab çiqqan taşkilot aytilgan kamçiliklarini inobatga olib, taxminan 10 kunda (bu ham aniq muddat emas) qayta işlab çiqadi, keyin u yana qayta Adliya vazirligiga yuboriladi. Bu hujjat Adliya vazirligining ijroçisiga yetib borgança yana bir neça kun ötadi.
Muammo birinçi betda bölmasligi ham mumkin. Odatda hujjatda köp kamçiliklar kuzatilar edi. Oçiği hayron qolar edim, bir neça yillik tajribaga ega bölgan mutaxassislar şunçalik köp xato qilişiga. Kamiga yuristlarning xulosasi ham bor.
Taxminan 5-6 betlik hujjatlar töliq işlab çiqilib, davlat röyxatidan ötkazib, eʼlon qilgungaça biz öylaganimizdan ança köp vaqt ketib qoladi. Xullas, hujjatlar aylanişi tartibi, ijro intizomi kabi holatlarda köp kamçiliklar bor nazarimda. Oddiygina, tegişli hujjat bir taşkilot ijroçisidan ikkinçi taşkilot ijroçisiga yetib borgunça taxminan 5 iş kuni (bir hafta) yöqotiladi.
Bundan taşqari, aynan qonunçilik boşqarmasidagi xodimlar soat 11-12 gaça işlaydi (dam oliş kunlarisiz). Çunki haftada taxminan 15-20 ta idoraviy normativ hujjat, bir neçta fuqaro murojaatlari qabul qilinadi va yangi qabul qilingan yuqori turuvçi organlarning qarorlari idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ularga muvofiqlaştirilişi uçun yuboriladi. Lekin bu ham boşqarmadagi iş hajmining hammasi emas.
Xullas, aytmoqçi bölganim ularga ham oson tutmaslik kerak, nazarimda. Çunki ular şu işni deb şaxsiy hayotidan deyarli butunlay voz keçgan.
Maqsadim Adliya vazirligini maqtaş emas. Hozir u yerda işlamayman, özim xohlab ketganman bir paytlar. Lekin, misol uçun, men şunçalik işlasam-u, kimdir jismoniy imkoniyatim doirasida bölmagan holat uçun meni tanqid qilsa alam qilgan bölardi. Yana bilmadim. 30 kunlik ijro muddati berilar edi va boşqarma boşliği muddat ötkazmasligiga, qöşimça muddat olinmasligiga qattiq harakat qilardi.
Xullas, Adliyada iş köp, örganiş köp vaqtni oladi, sizga aytişga oson 😄Bu albatta hazil»
P.S.: Tanganing ikki tomoni bor, masalaga har tomondan xolisona nazar taşlaşga harakat qiliş kerak. Şunga köra uşbu xatni eʼlon qilişni maʼqul deb bildim.
Aybdorni topiş – vazifam emas. Aybdorni topgandan foyda ham yöq, deb öylayman, bu bilan muammo hal bölmaydi. Biror masalani kötarib çiqar ekanman, heç qaçon ayni kimnidir haq, kimnidir nohaq sifatida körsatiş maqsadini közlamayman. Maqsadim mutlaqo boşqa. Kelgusida şu holatlar takrorlanmasligi, agar haqiqatda muammo borligi rost bölsa, unda kelajakda tizimni özgartirişga turtki berişni oliy maqsadim deb hisoblayman. Har holda odamlarni özgartirişdan, tizimni özgartiriş osonroq va samaraliroq.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
