Prezident stipendiyasi tanlovidagi adolat va shubhalar

Matn3-oktabr, 2018, 18:543 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

#muştariylardan_xabarlar

Talabalar uçun Prezident stipendiyasi va boşqa nomli davlat stipendiyalar haqida muştariylardan kelgan xabarlarni ayrim juzʼiy özgarişlar bilan eʼlon qilaman. Alohida taʼkidlamoqçimanki, xulosa qiliş mening vakolatimga kirmaydi, xulosa özingizdan. Şu sababli atayin ismlar, joylar, nomlarni eʼlon qilmayman. Agar xabarlardagi gaplar asossiz bölsa, unda vazirlik bu böyiça rasmiy munosabat bildirişi mumkin.

1️⃣ Salom aka, XXXXX magistraturasida o’qiydigan tanish opam prezident stipendiyasini oldila. Juda adolatli õtdi!!! U opa ham juda xursand. Boshqa joylani bilmadimu bulada haqqoniy otdi. Aniqlik uchun kanalzida yozingchi kimmidir tanishi olgan bolsa yoki ololmagan bolsa sababini aytadi shundan bilsak boladi umumiyni. Manmcha guruhdagi sorovlar avvalgi yillardagi nohaqliklarni korsatadi. Bu yil balki haqqoniy otgan bolsa buni yoritsangiz yaxshi bõlar edi!

2️⃣ Xabaringiz bor 25-27-sentabr kunlari Oliy ta'lim vazirligida Prezident stipendiyasiga nomzodlarning yakuniy test sinovlari hamda suhbati bo'lib o'tdi.

Men ham barcha chig'iriqlardan o'tib prezident stipendiyasiga universitetdan yagona nomzod sifatida tavsiya etildim. Vazirlikka hujjatlarim o'tdi. Yakuniy ilmiy ishlar ro'yxatini ham yuboraman sizga. Keyingi faylda erishilgan yutuqlarni yuboryapman. Ular hali to'liq yozilmagan. Chunki iyul-avgustning 15-sigacha bo'lgan oraliqdagi sertifikatlarni yozmadim.

25-sentabr kuni DTM tomonidan test sinovi o’tkazildi. Rasmda ko'rib turganingizdek, nomzodlarning real natijasi ertasi kuniyoq e’lon qilindi. Test haqqoniy, kamera nazorati ostida o'tkazildi. Test natijalari bo’yicha 70 ball bilan 1-o’rinda turibman, eng yaqin ta’qibchim bo’lgan 2-o’rindagi nomzod 49 ball olgan. Qolganlar undan ham past natija ko’rsatishgan. Hatto 55% ni to’play olishmagan.

Meni qiynayotgan narsa shuki, shuncha yutuq, shuncha maqola, shuncha diplom va sertifikatlar, mandatda qo'lga kiritilgan yuqori ball. Boshqa nomzodlardan 21 ballik tafovut qanday qilib meni prezident stipendiyasidan bebahra qolishimga sabab bo'ldi? Boshqacha aytganda qanday qilib shunday ustunlikni chetlab o'tib komissiya a'zolari maxfiy ovoz berish yo'li bilan ushbu ustunlikni yo'qqa chiqarishdi?

27-sentabr kuni ertalab Oliy ta'lim vazirligining katta majlislar zalida imtixondan o'tgan, hujjatlari ekspertlar hay'atidan o'tgan nomzodlarning 3 nafari suhbatga kirishi aniq bo'ldi.

Yo'nalishim bo'yicha birinchi ismi sharifim jarangladi. Chunki eng yuqori balni to'plashga muvaffaq bo'lganman. Ammo negadir suhbatda hammamizga bir xil ilmiy ishimiz mohiyatini so'zlash hamda xuddi shuni ingliz tilida so'zlab berish vazifasi yuklandi.

Qiziq tomoni, g’olib bo’lgan nomzodga komissiyadagi ustozlardan biri ingliz tilida “Where have you published your articles?” deb savol berdi. U hatto tushunmadi. Ustozni yonidagi komissiya a'zosi “Qayerda maqola chiqargansiz?” deb so'rayapdilar ustoz”, - dedi (o'zbek tilida). Keyin tutilib-tutilib Amerika, Malta, keyin yana bir davlatni aytdi.

Uning bu javobidan unda 3 tagina xalqaro maqolasi borligi ma'lum bo'ldi. Vaholanki, aka, imiy ishlar ro'yxatimga qarasangiz, menda 10 ta xalqaro maqola (faqatgina magistratura kesimida, bakalavrimmi qo'shsa, qariyb 17 ta) bor. Ulardan biri AQShning Filodelfiya shtatida chop etilgan, Impact Factori 4.92 sertifikati ham bor. Bilimimiz teng baholangan taqdirda ham, nimaning asosiga ilmiy ishlar bo'yicha natijalar o'rtasidagi tafovutni ham ular yo'qqa chiqarishdi? Vaholanki umumiy bilimlarimizni sinash uchun savollar bermadi.

Agar suhbatda yoki imtixonda aqalli hujjat bo'yicha ham kamchiligimni aytib, “seni mana bu jihating shu g’olibdan ustun emas, mana shu, mana shu qobiliyatlari tufayli uni g'olib deb topdik” deganlarida tan berardim. Erkak kishimiz mag'lub bo'lishni ham erkaklarcha qabul qilamiz. Hech qanday asossiz, “anonim ovoz beriladi, uka, bu taqdir” degan javobni eshitish umidida hujjat topshirganim yo'q, Xushnud aka...

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek