Bahodir Pölatov Surxondaryodagi rejalar haqida intervyu berdi
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0tahrirlanganManba:davletovuz
Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Pölatov intervyu beribdi:
Intervyuning ayrim jihatlari:
Surxondaryo yurtimizning boşqa hududlarida uçramaydigan bir qator öziga xosliklarga ega. Eng muhimidan boşlay, viloyat ahli mard va tanti. Gapini oçiq, istilohasiz ayta oladi. Qadrlaganni qadrlaydigan el. Samimiyatni yaxşi köradi.
Surxon elining çinakam mehrini qozongan sobiq viloyat hokimi Erkinjon Turdimov bilan keçgan suhbatimizda u kişi şunday degandi: “Vohadagi katta işlarning zamirida, avvalo, şu yerdagi fidoyi, vatanparvar, mehnatkaş insonlarning zahmatli faoliyati mujassam”. (Sobiq hokim yangi hokim tomonidan qoralanmagan kamdan-kam holatlardan biri).
Surxon adabiy muhiti haqida: El birinçi navbatda, özining uluğ farzandlarini hurmatlaşni bilişi kerak. Boysunda Özbekiston xalq yozuvçisi Şukur Xolmirzayev, Şerobodda akademik rassom Rözi Çoriyev, Oltinsoyda esa Özbekiston xalq yozuvçisi Toğay Murod uy-muzeylarini va xotira boğlarini barpo etişni maqsad qilganmiz.
Afğon bozori uçun iştiyoq katta:
Termizdagi “Kargo” logistika markazi hududida erkin iqtisodiy zona barpo etiş niyatimiz bor.
Rossiyalik işbilarmonlar hamkorligida Boysun tumanida loyiha qiymati 5 milliard dollardan ortiq bölgan, yiliga 4 milliard kub metr gazni qayta işlaş, 289 ming tonna polipropilen, 211 ming tonna polietilen va 293 ming tonna oltingugurt işlab çiqariş quvvatiga ega gaz-kimyo majmuasini quriş işlari olib borilyapti.
Hokimdan iqtibos:
Xoja Samandar Termiziyning “Dastur ul-muluk” asarida keltirgan bir hikmat uç asrdan beri isbotini topib kelyapti: “Agar past, xasis, boylikka, pul, mol-dunyoga öç odamlarga mansab supasidan joy beriş köpaysa, davlat tuşkunlikka yuz tutadi, yaʼni öz quvvatini yöqota boşlaydi. Binobarin, aqlli odamlar aytadilarki, davlatning halokati, yemirilişi past, oçköz kişilarning mansab şohsupasiga kötarilişidan boşlanadi”.
- ❤ 1




