Özbekistonda pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasi

Matn9-dekabr, 2020, 10:032 daqiqa0 koʻrish

Çegaralarimizdan noqonuniy mahsulot ötkaziş şunçalik osonmi?

Har yili yangi yil bayrami yaqinlaşar ekan köçalarimizda pirotexnika vositalarining yoqimsiz, yurakni öynatuvçi ovozi yangray boşlaydi.

Qonunçilikka köra, Özbekistonga pirotexnika vositalarini olib kiriş, işlab çiqariş, taşiş, saqlaş, sotiş va ulardan foydalaniş taqiqlangan.

Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 185-1-moddasiga köra, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravişda Özbekistonga olib kiriş yoki ötkaziş huquqbuzarlik aşyolarini musodara qilib, BHMning 20 baravarigaça (4 mln 460 ming söm) jarima solişga sabab böladi.

Şuningdek, buning oqibatida tan jarohati yetsa, odam ölsa yoki boşqa oğir oqibat kelib çiqsa, Jinoyat kodeksining 250-1-moddasiga köra, jinoiy javobgarlik ham belgilangan.

Tan oliş kerak, oxirgi yillarda pirotexnika vositalarining savdosi birmunça çeklanib, kölami sal kamaygandek. Bir qaraşda yurtimizda bunga qarşi ommaviy kuraş ketayotgandek. Masalan, Bojxona qömitasi sentabr oyidan buyon pirotexnika vositalari savdosiga çek qöyilgani haqida 32ta xabar eʼlon qilgan. Raqamlar ançayin katta va qörqinçli.

Ammo avvalgi yillar bilan soliştirmasdan, yaxlit hozirgi holatning özini olib qarasak, ahvol maqtanarli darajada emasligini köriş mumkin.

Meni doim öylantiradigan narsa: şunça pirotexnika qayerdan kiryapti? Çegaralarimiz tonnalab taqiqlangan mahsulot olib kiradigan darajada teşikmi yoki bu yerda biz bilmaydigan yana boşqa gap bormi?

Şunça pirotexnika çang emaski, çegaradan ötayotganda közga körinmasa. Bu yerda masʼul organlar vakillari iştirokida korrupsiya alomatlari mavjud emas, deb kimdir kafolat bera oladimi?

Qölga tuşgan pirotexnikalar haqidagi xabarlarni öqisak, ularning aksariyati savdogarlar ekanligi, sotayotgan yoki sotiş uçun biror joyga olib ketayotgan paytda qölga tuşgani taʼkidlanadi. Lekin şaxsan men birorta xabarda öqimadimki, şunça pirotexnika qayerdan, qanday yöllar orqali kirib kelayotgani aniqlanib, şu böyiça masʼullar, amaldorlar javobgarlikka tortilganini.

Masalan, mana bu xabarda Farğona viloyatida 135 million sömlik 745 ming donadan ziyod pirotexnika vositalari uşlangani aytiladi. Holatlarning barçasi Özbekiston içida aniqlangan, bojxona postlarida emas. Öşa qölga tuşganlardan bularni kimdan olgani, qanaqa qilib çegaradan ötkazgani, bunda unga kimlar yordam bergani haqida ham suriştiriladimi? Agar suriştirilsa, buning natijalari haqida maʼlumot berilmaydimi? Yoki kaltak faqat olib-sotarlar, yaʼni oddiy odamlar boşida sinadiyu, lekin zanjirning naryoğiga ötilmaydimi?

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek