Zakovat körsatuvi efirdan olingani sabablari va rejalar
❓«Zakovat» körsatuvi yopildimi?
Sönggi kunlarda şu kabi savol bilan köpçilik murojaat qilmoqda, ijtimoiy tarmoqlarda muhokama bölmoqda. «Zakovat» klubi aʼzosi sifatida ayrim izohlarni berib ötmoqçi edim.
«Zakovat» körsatuvi dekabr oyida efirdan olindi. 20 yillik faoliyati davomida birinçi marta yangi yil arafasida «Zakovat» efirga ketmadi, Oliy liga öyinlari oxiriga yetmay töxtatildi, kim finalga çiqqaniyu, kim çempion bölgani ham aniqlanmay qoldi. Hattoki suratga olingan 2 ta körsatuv efirga ham ketmadi. Bunaqasi şu paytgaça biror marta bölmagandi.
«Zakovat» körsatuvining töxtatilişiga sabab, u efirga ketadigan xususiy kanal körsatuvni reyting ololmayapti degan vaj bilan ekranlardan olişga qaror qildi. Albatta xususiy kanal nimani efirga beriş yoki bermaslikni özi hal qiladi, bunga eʼtiroz yöq. Kim uçundir ilm va maʼrifat qadriyat, kim uçundir esa boşqa qadriyatlar bor, bunisi ham tuşunarli.
Ammo baribir jamiyatda ilmga bölayotgan munosabat meni xavotirga soladi. Bugun aksariyat insonlarni faqat qorin ğami va öyin-kulgu öylantiryapti xolos. Boşqa narsa unça qiziqmas.
Telekanallarning esa faqat pul uçun reyting ketidan quvişi, öldim-kuydim, saviyasiz seriallaru, baçkana şoularga öç bölişi ham jamiyatdagi umumiy holatning aks-sadosidir.
Özi butun dunyoda ham ilmiy kontent katta reyting ololmaydi, çunki ilmning auditoriyasi birmunça kam böladi. Mana, oddiy misol: şunçaki YouTube’dagi biror olim bilan intervyuni neça kişi körganiyu, birorta artist bilan intervyuni neça kişi körganini qarasangiz ham böladi. Ayniqsa Özbekiston şaroitida bu farq juda seziladi.
Şu sababli ham ilmiy, taʼlimga oid va intellektual loyihalar yoki Hukumat, yoki metsenat-homiylar tomonidan alohida qöllab-quvvatlanadi. Çunki ilm bu millat kelajagi demakdir.
Endi nima böladi?
❗️Eng avvalo şuni taʼkidlamoqçimizki, «Zakovat» yopilgani yöq. Faqat körsatuv maʼlum muddat efirdan olindi xolos. Ammo klub hali faoliyatini davom ettirmoqda.
Klub öz oldiga bir qança rejalarni qöygan:
Birinçidan, hozirgi vaziyatda dod-voy, yiği-siği qilmoqçi emasmiz. Zamon senga boqmasa, sen zamonga boq. Bizni TVda çiqarişni istaşmasa, unda özimiz TV oçamiz! Xudo xohlasa, Özbekistondagi birinçi intellektual internet televideniyesi oçmoqçimiz. Izlagan imkon topar deyişadi. Balki uşbu loyihamiz uçun ilmning qadriga yetadigan saxiy homiylar ham topilib qolar. Uşbu internet televideniyesida faqat «Zakovat» emas, 20 ga yaqin intellektual loyihalar, öyinlar bölişini reja qilyapmiz. Barça dasturlar YouTube orqali efirga uzatiladi.
Ikkinçidan, 06.11.2020-yildagi PQ-4884-sonli Prezident qarorida maktab öquvçilarining intellektual salohiyatini rivojlantiriş maqsadida «Zakovat» intellektual öyini böyiça «Vazir kubogi», «Hokim kubogi» tadbirlarini hamda «zakovat.tv» platformasi orqali maktablar örtasida intellektual musobaqalarni taşkil etiş vazifasi topşirilgan. Hozirda Xalq taʼlimi vazirligi bilan mazkur band ijrosi yuzasidan çoralar rejalaştirilmoqda.
Uçinçidan, Şavkat Mirziyoyev Yoşlar Forumidagi nutqida oliy öquv yurtlari örtasida 2021-yildan boşlab Intellektual öyinlar haftaligini ötkaziş haqida taşabbus körsatgan edi. Hozirda tegişli taşkilotlar bilan ana şunday intellektual öyinlarni ötkaziş masalasi muhokama qilinmoqda.
Va bu işlarning barçasida «Zakovat» intellektual klubi asosiy ijroçilardan bölişi tabiiy.
Şunday ekan, bizni hali oldinda katta rejalar kutib turibdi. Maşaqqat va sinovlardan töğri xulosa çiqarib, yangidan yangi ğoyalar ustida işlaymiz, tanlagan yölimizda davom etavaramiz.
«Zakovat» yopilgani yöq, hali u mavjud! Ilm heç qaçon ölmaydi, qisqa muddatga behuş bölib qolişi mumkin xolos.
👉 @xushnudbek 👈

