Zakovat intellektual körsatuvi 20 yoşga töldi

Matn25-mart, 2021, 10:512 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Zakovat — 20 yoşda!

2001-yil 25-mart kuni, bundan roppa-rosa 20 yil oldin Zakovat intellektual körsatuvi ilk marta efirga ketgan edi.

20 yil efirda qoliş oson iş emas, bu faqat gapirişga oson, buning maşaqqatini tuşunganlargina biladi. Ehhe, bu davr içida ne-ne sinovlarni, kötarilişu, tuşişlarni körmadik.

2004-yil sentabr oyida akademik litseyda 2-bosqiçda öqirdik. Öşanda ilk marta Zakovat ostonasini hatlab, bilimimni sinaş uçun kelganman. Va şundan buyon Zakovatning sehrli olamida qolib ketdim. 17 yil turli jumboqlarga yeçim topiş uçun boş qotirib yuribman. Aslida hayotimizning özi siru sinoatlarga, yeçilişi kerak bölgan boşqotirmalarga töla. Ana şu hayot yölimda ham Zakovat menga juda va juda asqatmoqda.

20 yildan buyon Zakovat klubi bir neça minglab bilimdonlar tayyorladi, yana bir neça yuz minglab yoşlar qalbida ilm oliş uçun rağbat va qiziqiş uyğotdi. Va umid qilamanki, Zakovat hali yana uzoq vaqt ilm şuʼlasini tarqatişda davom etadi.

Buni qarangki, bugun, özining 20 yoşlik tuğilgan kunida, Zakovat intellektual klubi Samarqand şahrida katta intellektual tadbir ötkazmoqda. Bunda ham balki majoziy maʼno bölsa kerak.

Şunça yildan buyon Zakovatni kuzatayotgan barça muxlislarga çeksiz minnatdorligimizni bildiramiz!

P.S.: suratda Zakovatning ilk öyinida öynagan ilk jamoa aʼzolari: Zebo Şomirova, Habibullo Rajabov, Baxtiyor Karimov va Dilşod Saʼdullayev. Yana bir aʼzo Sobirjon Qodirov afsuski rasm tuşgan paytimiz yöq edilar.

Ilk öynagan jamoaning yorqin vakili va mening Zakovatdagi ilk kumirlarimdan biri Farhod Akbarov afsuski 2017-yili vafot etgan edi. Joylari jannatdan bölsin, ilohim.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek