Zakovat klubi aʼzolarining motivatsiyasi va moliyaviy holati

Video11-oktabr, 2021, 09:003 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

«Zakovatda pul beradimi?» — Zakovat klubiga aʼzo bölganimga 17 yil tölgan bölsa, şu davr içida uşbu savolni ming martalab berişgan. Tanişlar ham, notanişlar ham. Zakovat körsatuvida çiqqan barça bilimdonlarga doim beriladigan savol şu — «Körsatuvda çiqqaningiz uçun sizlarga pul berişadimi?».

20 yil davomida Zakovatda bilimdonlarga deyarli heç qanday pul berilmagan. Buning uçun tayinli şaroit ham bölmagan. Aksinça biz klubning turli xarajatlari uçun yonimizdan har oylik "vznos" puli tölardik.

Şu javobdan keyin yana savol berişardi — «Unda senga nima zaril?».

Biz Zakovatga pul uçun bormaganmiz. Biz Zakovatga yangi bilimlar, adrenalin, hayajon, kuraş va ğalaba quvonçi uçun boramiz. Biz Zakovatga bilimli döstlar uçun boramiz. Biz Zakovatga yuqoridagi videoda tasvirlangan azart uçun boramiz.

20 yildan söng intellektual harakat mana endi qöllab-quvvatlanişni boşladi. Sabrning tagi oltin, degani şu bölsa kerak. Allohga şukr.

Men qattiq işonaman, ilm yölidagi bu harakatlarimiz albatta natija beradi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek