Zakovat klubi Çto? Gde? Kogda? litsenziyasini xarid qildi

Matn22-fevral, 2022, 11:132 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Manba:Zakovat intellektual klubi

«Zakovat» klubi «Çto? Gde? Kogda?» televizion dasturining litsenziyasini xarid qildi

Köpçilikka maʼlumki, Rossiya Federatsiyasining «Çto? Gde? Kogda?» teledasturi 1975-yildan buyon efirga uzatilib kelinadi hamda köplab davlatlarda özining millionlab muxlislariga ega. Eʼtiborli tomoni, «Çto? Gde? Kogda?» dasturining xorijdagi ilk analogi aynan Özbekistonda dunyo yuzini körgan hamda «Zakovat» intellektual körsatuvi 2001-yil 25-mart sanasidan boşlab 21 yildan buyon doimiy efirga uzatilmoqda.

Ötgan davr mobaynida «Zakovat» klubi rossiyalik hamkasblari bilan doimiy aloqada bölib kelgan, ammo moliyaviy imkoniyatlar yöqligi sababli rasmiy litsenziya şartnomasi tuzişning imkoni bölmagan edi.

2022-yil 20-yanvar kuni «Zakovat» intellektual öyinini aholi örtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirişga oid Prezident qarori qabul qilinişi natijasida intellektual klub faoliyati yangi bosqiçga kötarilayotganini alohida taʼkidlaş zarur.

Jumladan, qaror ijrosini taʼminlaş maqsadida «Zakovat» intellektual klubi» nodavlat notijorat taşkiloti hamda «Çto? Gde? Kogda?» teledasturining mualliflik huquqi egasi bölgan Rossiyaning «Prodyusserskiy sentr «Igra-TV» MÇJ örtasida şartnoma imzolandi.
Mazkur şartnoma «Çto? Gde? Kogda?» teledasturining ssenariysidan foydalaniş huquqi, şuningdek ikkala tomonlarning kelgusidagi özaro hamkorligini öz içiga oladi.

Şartnoma asosida «Çto? Gde? Kogda?» teledasturining bir guruh ijodkorlari Toşkent şahriga taşrif buyurişdi.
Telekompaniyaning litsenziya masalalari böyiça ijroçi direktori Nataliya Kuznetsova, teledastur rejissyori Andrey Lisenko, texnik direktor Aleksey Vetyugov hamda muharrir Darya Ivaşkeviçdan iborat delegatsiya «Zakovat» körsatuvining suratga oliş jarayonlarida iştirok etdi, iş jarayonlari bilan yaqindan tanişdi, özlarining maslahat va tavsiyalari bilan örtoqlaşdi.

Şunday qilib, 2022-yilning bahorgi mavsumidan boşlab «Zakovat» körsatuvi «Çto? Gde? Kogda?» teledasturi litsenziyasi asosida efirga ketişni boşlaydi.

➖ @zakovat ➖

  • 👍 1238
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek