Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Elektr energiyasini hisoblaş tizimidagi muammolar

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0tahrirlangan

Elektr energiyasining yangiça hisoblaş tizimiga savollar köp

Tadbirkor, bloger va «Asaxiy» loyihasi asosçilaridan biri Firuz Allayev özining Telegram kanalida elektr energiyasiga oid yangiça hisoblaş tizimiga oid öz boşidan ötkazgan voqeani sözlab beribdi. Uni sizlarga ham ilindim:

«Elektr toki borasida yangi hisoblaş tizimi ASCUE haqida bugungi kungaça jamoatçilik va OAV köp gapirdi. Lekin, vaziyatda qandaydir özgariş kuzatilmadi. Bugun bu muammoga şaxsan özim guvoh böldim.

Qarzdorsan deb Zangiota tumanida yaşaydigan döstimning uyida tokni masofadan öçirib qöyişgan. Döstimning 4 nafar farzandi bor, ulardan biri hali bir yoşga kirmagan gödak. Butun uy elektr toki asosidagi tizim bilan isitiladi. Endi -10 darajada sovuq havoda vaziyatni faraz qilişingiz mumkin.

Qarzdor bölsa, öçirgan bölsa döstimni özini ayblasa bölardi. Lekin, u oldindan 5 500 000 söm tölov qilib qöygan. Xato termadim, beş million beş yuz ming söm.

Telefon orqali elektr tarmoqlari markazi bilan boğlaniş imkonsiz. Birga Zangiota tumaniga bordik. Poytaxt bilan şundoq çegara tumanda poytaxtdagi tizim bilan yer bilan osmonça farq bor. Özi Zangiota tumani böyiça hokimiyatga aholida köp savol yiğilgan körinadi.

Bino içiga odam siğmaganidan önlab odamlar köçada navbatda turişgan, heç kim heç kimni tuşunmaydi, hatto eşitmaydi ham. Eng qiziq tomoni kompyuter ham qarzni bir marta 23 million söm, bir marta 3 million söm körsatdi. Şundan söng boşqa xonadan hujjatlarni topib kelişni söraşdi, u xonadagilar ham hujjatlarni berolmasligini va hozir topişga ham vaqti yöqligini aytişdi. Rahbariyat söralganda, rahbar ham joyida yöq. Bunaqa işlaş, xalqni ovora qiliş notöğri ekanligini asabiylaşmasdan tuşuntirişga harakat qildik. Xodim bölsa özi ham şundoq işdan ketmoqçi ekanligini aytib ötdi.

Nihoyat, uzoq asabbuzarliklardan söng, siz boravering, keçgaça yoqib qöyamiz degan javobni berişdi. Lekin, qönğiroq qilib sörasak, tok hali ham yonmagan.

Odatda maişiy muammolar haqida yozmaslikka harakat qilaman. Bugun ham bu faqat döstimning muammosi yoki şunçaki vaziyatdan taşqari xato bölsa yozmasdim. OAV, ijtimoiy tarmoqda xalqning doimiy eʼtirozlarini körib, bu alohida fuqaroning emas, aksinça tizimli muammo ekanligi aniq va ravşan körinmoqda. Menimça kerakli idoralar ASCUE tizimini örganişi, şartnomalardan boşlab işlatilgan pulgaça, tizimgaça töliq tekşirib çiqişi muhim deb öylayman».

Post tugadi.

❓Sizda ham şu tizim bilan boğliq muammo bölganmi? Izohlarda aniq misollar bilan yozib qoldirişingiz mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek