Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Özbekistondagi örtaça oylik iş haqi miqdori eʼlon qilindi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0

Özbekistondagi örtaça oylik

Davlat statistika qömitasi xabariga köra, 2018-yil yanvar-sentabr oylarida Özbekistonda örtaça oylik nominal hisoblangan iş haqi 1 mln 684 ming sömni taşkil etgan.

Bunda iş haqiga ustama, mukofot, rağbatlantiriş xususiyatiga ega tölovlar, kompensatsiya va işlanmagan vaqt uçun haq kabi tölovlar kiritilgan, şuningdek uning tarkibida jismoniy şaxslar daromad soliği, ijtimoiy suğurta va kasaba uyuşmasiga tölovlar ham qöşib hisoblangan. Yaʼni uşbu summa xodimning qöliga kelib tuşgan summa emas, balki xalq tili bilan aytganda "naçisleniye" haqida gap ketmoqda.

Taʼlim sohasida 21 858ta muassasada 998,2 ming nafar (jami işlovçilarga nisbatan uluşi 38,3%ni) xodim işlagan bölib, ularga hisoblangan iş haqi fondi 11 trl 461 mlrd sömni (jami iş haqi fondidagi uluşi 29,0%ni) taşkil etgan. Taʼlim sohasida örtaça oylik - 1 mln 275 ming söm.

Sanoat iqtisodiy faoliyat turida 603ta korxonada 457,1 ming nafar (17,5%) xodim işlagan bölib, ularga hisoblangan iş haqi fondi 10 trl 495 mlrd sömni (26,5%) taşkil etgan. Uşbu sohada örtaça oylik - 2 mln 550 ming söm.

Soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar körsatiş sohasida 1414ta muassasada 431,4 ming nafar (16,5%) xodim işlagan bölib, ularga hisoblangan iş haqi fondi 4 trl 215 mlrd sömni (10,7%) taşkil etgan. Uşbu sohada örtaça oylik - 1 mln 86 ming söm.

Moliyaviy va suğurta faoliyati iqtisodiy faoliyat turida 172ta muassasada 67,2 ming nafar (2,6%) xodim işlagan bölib, ularga hisoblangan iş haqi fondi 1 trl 943 mlrd sömni (4,9%) taşkil etgan. Mazkur sohada örtaça oylik - 3 mln 213 ming söm.

Taşiş va saqlaş iqtisodiy faoliyat turida 203ta korxonada 115,7 ming nafar (4,4%) xodim işlagan bölib, ularga hisoblangan iş haqi fondi 2 trl 458 mlrd sömni (6,2%) taşkil etgan. Mazkur sohada örtaça oylik - 2 mln 361 ming söm.

Qaysi sohada oylik qançaga oşgan?

2017-yilning mos davriga nisbatan örtaça oylik iş haqi quyidagiça oşgan (ketma-ketlikda):

Sanoat - 28,6%
Moliyaviy va suğurta - 27,6%
Taşiş va saqlaş - 23,7%
Soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar körsatiş - 17,7%
Taʼlim - 17,1%

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Super-kontrakt narxi oşmaydi

    01 daqiqa

Yana oʻqing