Sayyor qabulda Boş prokurorga minnatdorlik bildirildi

Matn25-mart, 2019, 17:082 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Hammayoq negativ bölib ketmasin, mana bunday aslida kimlar uçundir juda kiçik, lekin pozitiv xabarlar ham odamning diqqatini tortadi.

Şu kunlarda yuqori martabali rahbarlar sayyor qabullar taşkil qilişmoqda. Masalan, bugun IIV Madaniyat saroyida Oliy sud raisi, Boş prokuror, adliya, içki işlar vazirlari, soliq qömitasi raisi va boşqalar sayyor qabulda fuqarolarni bevosita qabul qilmoqda.

«Xalq sözi» saytida şu jarayonga oid «Mahfuza Yöldoşeva sayyor qabulga nima uçun kelgan edi?» degan quyidagi xabar eʼlon qilindi:

«Sayyor qabulda odam köp. Kimdir Boş prokuror, yana boşqasi adliya, içki işlar vazirlariga, yana birov Oliy sud, Davlat soliq qömitasi raislari bilan uçraşib, muammolarini aytişga şaylangan.

Eşik oldida Boş prokuror qabuliga kiriş uçun navbatda turgan Mahfuza Yöldoşbekovani suhbatga tortamiz.

— Assalomu alaykum, yaxşimisiz? Boş prokuror qabul qiladigan xona oldida turganingizga qaraganda, Otabek Murodovga murojaat qilmoqçisiz, şundaymi?

— Vaalaykum assalom. Ha, şunday. Boş prokuror bilan uçraşiş uçun oilamiz bilan birga keldik.

— Nima masalada kelgan edingiz, qanday muammo qiynayotgandi sizni?

— Heç qanday muammomiz yöq. Çunki masalamiz ijobiy hal etildi. Şuning uçun bugun Boş prokurorga minnatdorlik bildiriş uçun keldik.

Bundan bildikki, barça öz muammosi bilan keldi, deb aytolmaymiz. Masalasi hal bölib, minnatdorlik aytiş uçun kelayotganlar ham topiladi. Yakkasaroy tumanilik Mahfuza Yöldoşbekova ham muammosi hal bölgan fuqarolardan biri.

— Ikki nafar qizim bor, — deydi u. — Biri tuğma nogiron. Hovlimiz juda taʼmirtalab bölib, uni özimiz taʼmirlaşga imkoniyatimiz yöq edi. Yakkasaroy tumani prokuraturasi xodimlari şu masalada yordam berişdi. Hovlimizni taʼmirlab, qöşimça hammom, oşxona qurdirib berdi. Eng muhimi, nogiron qizim uçun hammom qurib berilganidan boşimiz osmonga yetdi. Uyimizning tom qismidan çakka ötardi, bu muammo ham hal bölib, tom yopib berildi. Şunça yordam körsatganidan Boş prokurorga alohida rahmat aytişga keldik.

Sayyor qabullar davom etmoqda.»

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek