Zakovat intellektual körsatuvi 18 yoşga töldi
Bugun «Zakovat»ning tuğilgan kuni!
Bundan roppa-rosa 18 yil oldin, aniqroği 2001-yil 24-mart kuni, «Zakovat» intellektual körsatuvi ilk marta efirga ketgan edi.
Ötgan yillar davomida «Zakovat» köp sinovlarni boşidan keçirdi, köklarga kötarib maqtaşdi ham, yerga urib, tanqid ham qilişdi.
10 yillar davomida heç qanday homiysiz, moddiy rağbatsiz özini-özi taʼminlab keldi. Bu orada qançadan-qança körsatuvlar yopilib ketdi.
Allohga şukrki, 18 yildan buyon bilimdon yoşlarning sevimli maskani bölgan klub fidoyi insonlarning sabr-toqati, teletomoşabinlarning mehri bilan haliyam faoliyat olib boryapti.
Yurtimizda «Zakovat»ning, va özi umuman ilmning umri yanada uzoq bölişini tilayman.
Tuğilgan kuning bilan, mening sevimli körsatuvim!
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

