Ostona şahrining nomi Nur-Sulton deya özgartirildi

Matn23-mart, 2019, 13:471 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

RASMAN: Qozoğiston poytaxti Ostona şahrining nomi Nur-Sulton deya özgartirildi

Bu haqida Qozoğistonning vaqtinçalik Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev maxsus Farmonni imzolagan.

Şu örinda u bugunning özida Qozoğiston Konstitutsiyasiga özgariş kiritiş haqidagi qonunga ham imzo çekkan. Çunki Qozoğiston boş qomusining 2-moddasida mamlakat poytaxti Ostona şahri ekanligi qayd qilingandi, Konstitutsiyaga özgariş kiritmasdan poytaxt nomini özgartirib bölmasdi.

Bizdagi qonunlar nima deydi?

Xöş, mabodo qaçondir poytaxtimiz Toşkent şahrining nomini özgartiriş taklifi bildirilsa, unda buni kim hal qiladi?

Özbekiston Konstitutsiyasining 78-moddasi 11-bandiga binoan, tumanlar, şaharlar, viloyatlarni taşkil etiş, tugatiş, ularning nomini hamda çegaralarini özgartiriş Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatiga kiradi.

Qozoqlarda sal boşqaçaroq ekan, ulardagi qonunga köra, bu masala Prezident Farmoni bilan hal qilinarkan.

Mening fikrimça, har qanday holatda ham, mamlakat poytaxtining nomini özgartiriş, uni boşqa joyga köçiriş uçun umumxalq referendumi ötkazilişi şart.

Zero Konstitutsiyamizning 9-moddasida jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qöyilişi belgilangan.

Qozoğistonda nima uçun referendum ötkazilmadi, hayronman. Ha, mayli, bu ularning içki işi, özlari bilişadi.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek