Nurxon Nafasov Otabek Murodovdan yordam so‘radi
Manba:Daryo — LIVE
Nurxon Nafasov «nohaq ayblovlardan qutiliş» uçun Otabek Murodovdan yordam söradi. Boş prokuror bu işni öz nazoratiga olişini aytdi
Prezident Xalq qabulxonasi tomonida Toşkent şahrida taşkil etilgan ommaviy qabulda Özbekiston karate federatsiyasi sobiq rahbari Nurxon Nafasov boş prokuror Otabek Murodov bilan uçraşibdi. Nafasov unga nisbatan «qasddan ayb uyuştirilgani, joyi kerak bölgani uçun uni qator muammolarga duçor qilişgani»ni maʼlum qilib, «nohaq ayblovlardan qutiliş»da boş prokurordan yordam söragan.
Öz navbatida, huquqiy idoralar xulosasi bölmay turib uning şaʼnini yerga uriş maqsadida tarqatilgan ayblovlarga nisbatan Boş prokuratura öz vaqtida munosabat bildirgani uçun minnatdorçilik ham bildiribdi (yodingizda bölsa, Milliy olimpiya qömitasi matbuot xizmati: «Nurxon Nafasovning kirdikorlari foş böldi» degan sarlavha bilan xabar tarqatgan, Boş prokuratura matbuot xizmati buni rad etgandi).
«Uşbu masalani boş prokuror öz nazoratiga olib, işga aloqador barça holatlarni tekşirib, huquqiy baho berilişini maʼlum qildi», — deya xabar bermoqda ÖzA.


