Boş prokuratura advokatlar sörovnomasiga munosabat bildirdi
Manba:Bosh prokuratura
ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI ADVOKATLAR PALATASINING RASMIY SAYTIDA EʼLON QILINGAN ANONIM SÖROVNOMA NATIJALARI YUZASIDAN
Joriy yilning 28-yanvar kuni Özbekiston Respublikasi advokatlar Palatasi rasmiy saytida advokatlar faoliyatiga tazyiq ötkaziş va qonunbuzilişi holatlari yuzasidan ötkazilgan anonim sörovnoma natijalari eʼlon qilinib, xususan, kasbiy faoliyati davomida advokatlarning huquqlari suriştiruv, tergov organlari hamda sudlar tomonidan muntazam buzilayotganligi haqida tahliliy maʼlumotlar bayon qilingan.
Sörov natijalarining alohida eʼtiborli tarafi şundaki, unda 3553 nafar advokat, yaʼni respublikada faoliyat yuritayotgan advokatlarning 91% iştirok etgan, deb qayd etilgan.
Bugungi kunda davlatimizda advokatlarning maqomi va protsessual vakolatlarini kengaytiriş, ularning daxlsizligini işonçli taʼminlaş borasida amalga oşirilayotgan islohotlar jarayonida anonim sörovnoma natijasida eʼlon qilingan raqamlar jiddiy şubha uyğotadi.
Masalan, ötkazilgan anonim sörovnoma natijalarida advokatlarga himoya ostidagi şaxs bilan uçraşişga tösqinlik qilinişi holatlari suriştiruv jarayonida 461 tani, tergov davomida esa 328 tani taşkil etadi, deb körsatilgan. Vaholanki, amaldagi qonunçilikka binoan, advokat suriştiruv yoki tergov jarayonida himoya ostidagi şaxs bilan jinoyat işini yuritişga masʼul bölgan davlat organlari va mansabdor şaxslarning ruxsatisiz, uçraşuvlarning soni va davom etiş vaqti çeklanmagan holda holi uçraşişga haqli.
Şu nuqtai nazardan, Özbekiston Respublikasi IIV JIEBBning rasmiy maʼlumotlariga binoan, ötgan 2018-yilning özida tergov hibsxonalari va yopiq turdagi jazoni ijro etiş muassasalarida advokatlarning öz himoyasi ostidagi şaxslar bilan uçraşuvlari soni 29 766 tani taşkil etgan.
Şuningdek, anonim sörovnoma natijalarida himoya ostidagi şaxslar bilan uçraşiş uçun maxsus xonalar mavjud emasligi yuzasidan 597 ta advokat eʼtirozi qayd etilgan bölsada, amalda respublikaning tergov hibsxonalari va yopiq turdagi jazoni ijro etiş muassasalarining har birida maxsus advokat xonalari (32 ta muassasada – 69 ta advokat xonasi) ajratilgan.
Şuningdek, har qanday tazyiq holatlarining oldini oliş maqsadida tergov hibsxonalari va jazoni ijro etiş muassasalarining barçasi videokuzatuv moslamalari bilan jihozlangan.
Taʼkidlaş joizki, bugungi kunda advokatlarga öz faoliyatlarini erkin va töla amalga oşirişga tösqinlik qiliş, buzilgan huquqlari yoki sodir etilgan noqonuniy xatti-harakatlar yuzasidan tegişli tartibda murojaat qiliş uçun barça zarur imkoniyatlar yaratilgan.
Bu borada eʼlon qilingan anonim sörovnoma natijalarida tergov organlari xodimlari tomonidan advokatga nisbatan haqoratli, kamsitadigan munosabatda böliş holatlari 209 tani taşkil etadi, deb körsatilgan bölsada, ötgan 2018-yilda respublika miqiyosida prokuratura organlariga advokatlardan öziga nisbatan haqoratli va kamsituvçi munosabatda bölinganligi holati yuzasidan 2 ta murojaat kelib tuşgan va qonuniy tartibda körib çiqilgan.
Şuningdek, anonim sörovnomada iştirok etgan advokatlar tomonidan advokatga nisbatan jismoniy ziyon keltiriş töğrisida tahdid qilişning 208 holati mavjud, deb qayd etilgan bölsada, 2018-yil davomida prokuratura va içki işlar organlariga bunday mazmundagi bironta ham rasmiy murojaat kelib tuşmagan.
Taʼkidlaş zarurki, oçiq va qonuniy murojaat mexanizmi mavjud şaroitda advokatlar tomonidan ularga nisbatan muntazam tazyiq va taʼqib bölayotgani haqidagi eʼtirozlarning anonim sörov şaklida eʼlon qilinişining özi kasbiy va axloqiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq emas.
Şu bilan birga mazkur sörovnoma asosida bayon etilgan maʼlumotlar qonunni qöllaş amaliyotida mavjud vaziyatni tanqidiy baholaş uçun jiddiy signal hisoblanadi.
Kasbiy faoliyatiga tösqinlik qilinişi va tazyiq ötkazilişi holatlariga bevosita duç kelgan advokatlar Boş prokuraturaga murojaat qilişlari söraladi.
Advokatlarning bunday mazmundagi har bir murojaati şaxsan Özbekiston Respublikasi Boş prokurori nazoratida individual va şaffof tartibda körib çiqilib, qonuniy baho berilişi qatʼiy taʼminlanadi.
- 👍 1
