Özbekkino mansabdorlariga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Rasmiy bayonot
Boş prokuratura tomonidan “Özbekkino” Milliy agentligi mansabdor şaxslariga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va boşqa moddalari bilan qözğatilgan jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Aniqlanişiça, 22.06.2018-yilda “Özbekkino” Milliy agentligi hamda “Best organaizer” MÇJ örtasida “Menman, Jaloliddin”nomli film yaratiş haqida dastlabki şartnoma tuzilib, şartnomaga muvofiq oldindan avans sifatida 533 mln. söm mablağ tölab berilgan.
Lekin, uşbu filmni suratga oliş işlari “Mendirman, Jaloliddin” nomi bilan Turkiya Respublikasidagi hamkorlar bilan olib borilganligi, uni işlab çiqariş harajatlari byudjetdan emas, balki boşqa homiylar tomonidan moliyalaştirilganligi sababli, “Özbekkino” Milliy agentligidan ajratilgan mablağlar filmni işlab çiqariş uçun sarflanmagan va bugungi kunda byudjetga qaytarilgan.
Şuni alohida qayd etiş joizki, tergov harakatlari davomida 2020-yil 3-oktabr kuni taqdimot marosimi bölib ötgan “Mendirman, Jaloliddin” filmiga tegişli hujjatlar olinmagan hamda uşbu filmni işlab çiqargan şaxslarning jinoyat işiga heç qanday aloqadorligi yöq.
Boş prokuratura matbuot xizmati
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 9


