Kontrakt to‘lovida daromad solig‘i imtiyozlari

Matn12-oktabr, 2020, 19:302 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Talabalar kontraktini tölaganda daromad soliğidan kimlar ozod böladi?

Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga binoan, Özbekistonning professional va oliy taʼlim taşkilotlarida taʼlim oliş (özining yoki 26 yoşga tölmagan farzandlarining yoxud erining (xotinining) taʼlim olişi) uçun yönaltiriladigan soliq solinişi lozim bölgan iş haqi va boşqa daromadlariga soliq solinmaydi.

Demak, quyidagi 3 toifaning kontrakti uçun ötkazilgan iş haqlaridan daromad soliği uşlanmaydi:

1) fuqaro özining kontraktiga ötkazsa;
2) ota-onalar 26 yoşga tölmagan farzandining kontraktiga ötkazsa;
3) er yoki xotin 26 yoşga tölmagan turmuş örtoğining kontraktiga ötkazsa.

Bu imtiyoz qaysi taʼlim muassasalariga qöllanadi:

1) professional taʼlim (kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar) öquvçilariga;
2) oliy taʼlim talabalariga.

Ilgari imtiyoz faqat OTM talabalariga qöllanar edi, 2022-yildan boşlab professional taʼlim muassasalari öquvçilariga ham qöllanadigan böldi.

Taʼlim kreditini qoplaganda ham imtiyoz ötadimi?

Ha, ötadi. Yaʼni tölov-kontraktni tölaş uçun tijorat banklaridan taʼlim krediti olingan bölsayu, keyinçalik öşa taʼlim kreditini qoplaş uçun banklarga tölangan summalardan ham daromad soliği olinmaydi.

Imtiyoz qanday qöllanadi?

Masalan, ota öz farzandining kontrakti uçun iş haqining bir qismini, aytaylik 1 mln sömini töğridan-töğri universitet hisobiga (yoki bankga) ötkazadi deylik. Buning uçun institutdan şartnoma (hisob-raqam) olib, taşkilot buxgalteriyasiga ariza berib qöyiş kerak. Bunday vaziyatda agar ota 3 mln söm oylik olsa, demak farzandining kontrakti uçun ötkazgan 1 mln sömdan 12%lik daromad soliği uşlanmaydi, faqat qolgan 2 mln sömdan soliq olinadi.

Iş haqidan töğridan-töğri ötkazmasdan, plastikdan tölangan bölsa ham soliq imtiyozi qöllanadi. Buning uçun yil oxirida kerakli hujjatlarni soliq bölimlariga topşiriş kerak.

Izoh: yuqoridagi 3 ta toifadan boşqalarning, masalan, aka-ukasi, opa-singlisi, kuyovi yoki kelini yoxud boşqa şaxslarning kontrakti uçun iş haqidan tölov ötkazilsa heç qanday imtiyoz qöllanmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 43
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek