Söxdagi holat böyiça Boş prokuratura rasmiy bayonoti

Matn25-avgust, 2020, 11:301 daqiqa0 koʻrish

Söxdagi holat böyiça Boş prokuratura rasmiy bayonoti

Joriy yil 31-may kuni Özbekiston Respublikasi Söx tumani, Çaşma qişloğining Qirğiziston Respublikasi, Batken oblasti, Kadamjay rayoni, Çeçme ayili bilan çegaradoş hududida joylaşgan “Çaşma” buloği böyida Qirğiziston hamda Özbekiston fuqarolari örtasida buloqdan foydalaniş yuzasidan kelib çiqqan nizo oqibatida ommaviy tartibsizliklar röy bergan.

Uşbu nizoni bartaraf etiş maqsadida Söx tumani Çaşma qişloğiga yetib borgan mahalliy hokimiyat vakillari hamda huquqni muxofaza qiluvçi organ hodimlariga tartibbuzarlar tomonidan faol qarşilik körsatilib, ularga turli darajada şikastlar yetkazilgan.

Mazkur holat böyiça 01.06.2020-yilda Farğona viloyat prokuraturasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burçini bajarayotgan şaxsga qarşilik körsatiş) va 244-moddasi (Ommaviy tartibsizliklar) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Tergov davomida 6 nafar şaxsga nisbatan JKning 219 va 244-moddalari bilan ayb eʼlon qilinib, ularga “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek