2021-yildan bekor qilinadigan litsenziyalar röyxati

Matn24-avgust, 2020, 23:032 daqiqa0 koʻrish

2021-yil 1-yanvardan boşlab bekor qilinadigan litsenziyalanadigan faoliyat turlari röyxati

2020-yil 24-avgustdagi PF–6044-son Farmoniga ilova

👉 Auditorlik faoliyati;
👉 Audiovizual asarlarni, fonogrammalarni va EHM uçun yaratilgan dasturlarni takrorlaş faoliyati;
👉 Fonogrammalarni tayyorlaş faoliyati;
👉 Qimmatli qoğozlar blankalarini işlab çiqariş faoliyati;
👉 Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalaştiriş, quriş, ulardan foydalaniş va ularga xizmat körsatiş faoliyatini litsenziyalaşda:
- umumiy foydalaniş punktlari, şu jumladan qişloq joylardagi kiçik tadbirkorlik subyektlarining umumiy foydalaniş punktlari tomonidan maʼlumotlarni uzatiş tarmoqlari xizmatlarini körsatiş;
- qişloq joylardagi kiçik tadbirkorlik subyektlari tomonidan mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlari orqali xizmat körsatiş;
- qişloq joylardagi kiçik tadbirkorlik subyektlari tomonidan şaharlararo telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali xizmat körsatiş;
- qişloq joylardagi kiçik tadbirkorlik subyektlari tomonidan xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali xizmat körsatiş.
👉 Qimmatli qoğozlar bozoridagi professional faoliyatni litsenziyalaşda investitsiya fondi faoliyati;
👉 Köpriklar va tonnellarni loyihalaştiriş, quriş, ulardan foydalaniş va ularni taʼmirlaş faoliyatini litsenziyalaşda köpriklar va tonnellardan foydalaniş faoliyati;
👉 Mudofaa obyektlarini loyihalaştiriş, quriş, ulardan foydalaniş va ularni taʼmirlaş faoliyati;
👉 Axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalaştiriş, tayyorlaş, işlab çiqariş, realizatsiya qiliş, taʼmirlaş va ulardan foydalaniş faoliyatini litsenziyalaşda:
- axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalaştiriş;
- axborotning kriptografik himoya vositalarini taʼmirlaş;
- axborotning kriptografik himoya vositalaridan foydalaniş
👉 Baholaş faoliyati;
👉 Rieltorlik faoliyati;
👉 Vazirliklar, idoralar va taşkilotlar harbiy xizmatçilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi formali kiyim-boşi savdosi böyiça faoliyat;
👉 Qimmatbaho va nodir metallarni, qimmatbaho toşlarni qazib oliş faoliyati;
👉 Farmatsevtika faoliyati (dori vositalari va tibbiy buyumlarni çakana realizatsiya qiliş bundan mustasno):
- tibbiyot buyumlari işlab çiqariş;
- tibbiy buyumlari tayyorlaş;
- tibbiy buyumlarini ulgurji realizatsiya qiliş;
- dorivor ösimlik xomaşyosini qadoqlaş va ulgurji sotiş.
👉 Yonğinga qarşi avtomatika vositalarini, qöriqlaş, yonğindan darak beruvçi va yonğindan saqlaş signalizatsiyalarini loyihalaştiriş faoliyati;
👉 Avtomobil transportida yölovçilarni va yuklarni şaharda, şahar atrofida, şaharlararo va xalqaro yönalişlar böyiça taşiş faoliyatini litsenziyalaşda:
- yuklarni avtomobil transportida şaharda va şahar atrofida taşiş faoliyati;
- yuklarni avtomobil transportida şaharlararo taşiş faoliyati.

➡️ @uzauz

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek