Quriliş sohasini optimallaştiriş böyiça Farmon imzolandi
Bugun kapital qurilişda loyiha va quriliş işlarini amalga oşiriş tartibini optimallaştirişga oid Prezident Farmoni imzolandi.
Unga köra:
👉 Prezident huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi davlat rivojlaniş dasturlariga kiritilgan loyihalarni foydalanişga “tayyor holda topşiriş” şarti asosida (Engineering Procurement Construction) “fast-track” uslubida (bir vaqtning özida loyihalaş, xarid qiliş va quriliş işlari) realizatsiya qilişda pudratçilarga, jumladan, xorijiy pudratçilarga quriliş sohasidagi tegişli litsenziyalar va (yoki) ruxsatnomalarni olmasdan, loyihalarni sifatli amalga oşiriş böyiça töliq javobgarlikni EPC-pudratçilarga yuklaş şarti bilan bir martalik ruxsat berişi mumkin;
👉 EPC-pudratçilar “fast-track” uslubida loyihalarni realizatsiya qiliş uçun ruxsat olişda şu kabi loyihalar böyiça amaliy tajribaga, muayyan moliyaviy körsatkiçlar va malakali muhandislar tarkibiga ega bölişi şart;
👉 Arxitektura va şaharsozlik hujjatlarini işlab çiqiş faoliyatini litsenziyalaş Agentlik tomonidan amalga oşiriladi;
👉 Quriliş loyihalarini ekspertizadan ötkaziş faoliyatini litsenziyalaş bekor qilindi;
👉 Agentlik davlat buyurtmaçisi va “fast-track” uslubida loyihalarni realizatsiya qilişga ruxsat olgan EPC-pudratçisi örtasida davlat xaridlari haqida töğridan-töğri şartnoma tuzişga ruxsat berişga haqli.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
- 👍 3

