Çorvoqda maşhur brendlar oçilişi haqidagi xabarlarga izoh

Matn22-may, 2018, 17:162 daqiqa0 koʻrish

Manba:Daryo — LIVE

Çorvoqda McDonald’s, Burger King, Starbucks oçilişi haqida ertalabdan beri yozişyapti. Oçilişi hali aniqmas. Vazirlar Mahkamasi Çorvoqdagi erkin turistik zonaga şu brendlarni Özbekistonga taklif qiliş ustida işlayapti, xolos.

Sahih xabarlarga köra, hukumat Çorvoqdagi erkin turistik zonada Burger King, McDonald’s va Starbucks talablariga mos şart-şaroitlarni yaratiş haqida körsatma bergan. @catseditor jahonga maşhur bu yemakxonalarning talablari qandayligi haqida qiziq tuşuntiriş bergan.

Masalan, Starbucks’ning talablari juda qatʼiy emiş — kompaniyaning boş ofisi har bir yemakxonasining derazasidan tortib unda qöyiladigan musiqagaça — hamma narsani nazorat qilib turadi. Lola yo Şahzodalarning kliplarini aylantiradigan TV-Line yoki Citv-TV degan narsalarni ulab qöya olmaysiz.

Bundan taşqari, franşizani oçayotan biznesmen, franşiza badal puli va soliqlardan taşqari, umumiy maydoni 75—85 kvadrat metrdan kam bölmaydigan qahvaxonaning har bir kvadratiga 2 ming dollardan pul tikiş majburiyatini ham olişi zarur. Yaʼni, hali royalti (nomdan foydalanganlik uçun ijara puli)dan taşqari bir muassasa uçun kiritilişi kerak bölgan investitsiyalar hajmi 175 ming dollarni taşkil etadi.

Yoki McDonald’s ni olaylik. Uşbu kompaniya nomidan foydalaniş huquqini qölga kiritiş uçun daʼvogar beş yil içida pul aylanmasi 1,5 million dollarga teng 15 ta şoxobça oçişi kerak. Ayni vaqtda, barça mahsulot — masalliqdan tortib tiş-kovlagiçgaça hammasi — AQŞdan olib kelinişi şart.

Oson bölmaydi. Evos va Drujba Burger’lar gegemoniyasi örnatilgan mamlakatga bunday katta xarajatlar bilan McDonald’s va Starbucks’larni olib keliş oson bölmaydi. Aytmoqçi, birov oson böladi, deb vaʼda berayotgani ham yöq.

https://t.me/joinchat/AAAAAD63OEHkQHOlfdglMg

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek