Sergey Şoygu va Abdusalom Azizov uçraşuvi tafsilotlari

Matn22-may, 2018, 12:381 daqiqa0 koʻrish

Sergey Şoygu Abdusalom Azizov bilan uçraşuvda Afğonistondagi vaziyat tufayli terrorçilarning Markaziy Osiyoga ötib ketiş xavfi borligini aytdi

Şoyguning sözlariga köra, Rossiya va Özbekiston örtasidagi harbiy va harbiy-texnik hamkorlik «mutlaqo aniq va juda muhim xususiyat kasb etadi».

«Bu albatta, birinçi navbatda Özbekiston çegaralaridagi barça xavf va tahdidlar bilan boğliq. Şu yerda Suriyadan qöşni davlatlarga, şu jumladan, Özbekistonga köçib ötayotgan xalqaro terrorizm xavfining ösib borayotganini ham tilga olmaslikning iloji yöq», — dedi u.

Şoygu xalqaro terrorizm xavfining tarqalişi munosabati bilan, Rossiya katta sonli özbekistonlik harbiy xizmatçilarni öqitişga, şuningdek, respublikaga harbiy xizmatçilarni tayyorlaş uçun öqituvçilarni yuborişga tayyorligini maʼlum qildi. U Rossiyadagi öquv muassasalarida öqiyotgan harbiy mutaxassislar sonini «bir neça foizga emas, bir neça barobar oşiriş»ni taklif qildi.

Rossiya vaziri sözlariga köra, Özbekiston harbiy mutaxassislari Rossiyada yaxşi bilimga ega bölmoqda.

Eslatib ötamiz, Sergey Şoygu 21-may kuni Toşkentga keldi. 22-may kuni Özbekiston mudofaa vaziri, general-mayor Abdusalom Azizov Sergey Şoygu bilan muzokaralar olib borişi, unda ikki mamlakat mudofaa vazirliklari örtasida harbiy, harbiy-texnik va harbiy taʼlim yönalişlari böyiça özaro hamkorlikning istiqboldagi rejalari xususida söz yuritilişi xabar berilgan edi. [Daryo.uz]

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek