Şavkat Mirziyoyev harbiy sohadagi islohotlar haqida
Paraşyutda sakramagan desant, tank haydaşni bilmaydigan mexanik haqida
Şavkat Mirziyoyev andijonlik saylovçilar bilan uçraşuvda harbiy soha haqida ham fikr bildirdi:
«Prezident bölganimning ilk yilida bir harbiy qismga bordim, desantçi askarlar bilan suhbatlaşdim. Qoida böyiça desantlar tez-tez paraşyutda öquv maşğulotlarini olib borişi kerak. Lekin bir askardan "oxirgi 1 yilda neça marta paraşyutdan sakragansan?" deb sörasam, "Örtoq boş qömondon, bir marta ham sakramadim, çunki paraşyut yöq" deb aytdi. Bu şarmandalik-ku.
Yoki Kattaqörğondagi harbiy qismda tank haydaşni bilmaydigan mexanikni kördim. Iya, bu qanaqasi? Şundan söng mudofaa vaziri Qobul Berdiyevni işdan oldim.
Mana endi joriy yilda ARMI-2021 tanlovida 42 mamlakatning armiyasi orasida 2-örinni oldik. Tankçilarimiz öz yönalişida 1-örinni olişdi».
Maʼlumot uçun: Qobul Berdiyev 2017-yilning sentabr oyida mudofaa vaziri lavozimini tark etgan, uning örniga içki işlar vaziri Abdusalom Azizov (hozirgi DXX raisi) vazir etib tayinlangandi.
👉 @xushnudbek 👈

