Tramp Abu Bakr al-Bağdodiy yöq qilinganini maʼlum qildi
«U it kabi ölim topdi» — Tramp al-Bağdodiy yöq qilinganini maʼlum qildi
IŞID’ jangarilari rahnamosi, öz şafqatsizligi bilan ajralib turgan va Yaqin Şarqda «xalifalik» tuzgan Abu Bakr al-Bağdodiy amerikalik harbiylar tomonidan ötkazilgan amaliyot natijasida öldirildi. Bu haqda Donald Tramp özining rasmiy murojaatida maʼlum qildi, deb yozmoqda “Kun.uz”.
Donald Tramp IŞID rahbari Abu Bakr al-Bağdodiy Suriya hududida ötkazilgan maxsus amaliyot natijasida yöq qilingani haqida maʼlum qildi.
«Ötgan keça AQŞ jahonning birinçi raqamli terroristiga nisbatan adolatni qaror toptirdi. Abu Bakr al-Bağdodiy öldi. U dunyodagi eng şafqatsiz va zöravon terrorçilik taşkiloti – IŞIDning asosçisi va yetakçisi edi», dedi Tramp maxsus murojaatida.
Trampning Oq uydagi nutqi jahonning köplab agentliklari tomonidan translyatsiya qilindi.
AQŞ prezidentining sözlariga köra, ekspertiza natijalari aviazarba oqibatida öldirilganlar orasida al-Bağdodiy ham bölganini tasdiqlagan.
U özini portlatgan
Tramp al-Bağdodiy qanday ölgani haqida aniqlik kiritdi. Uning aytişiça, u «qörqoqlarça qoçgan» va öz belidagi portlovçi qurilmalarni portlatib yuborgan. U al-Bağdodiyning yaqinlari, jumladan uç bola u bilan birga halok bölişganini qöşimça qilgan.
«U xuddi it kabi ölim topdi. Dunyo yanada xavfsizroq», — dedi Tramp bayonoti sönggida.
Tramp mazkur amaliyotda iştirok etganlarning barçasiga, birinçi navbatda amerikalik harbiylarga, şuningdek Rossiya, Turkiya, Iroq, Suriya va kurdlarga minnatdorçilik bildirgan.
❗️Maʼlumot uçun: Özbekistonda IŞID rasman terroristik taşkilotlar röyxatiga kiritilgan.
👉 @xushnudbek 👈

