Toşkentda UzAuto Motors Trade-In markazi oçildi
Keça Toşkentdagi UzAuto Motors Service & Trade-In Center oçiliş marosimida qatnaşdim. Tadbir kötarinki ruhda ötdi. Taşkilotçilarning omadi kelgan joyi şundaki, loyihaning özi mazmunan Özbekiston uçun yangilik edi. Şu sababli ham qiziqiş katta böldi, menimça.
Trade-In Center qanday markaz?
Siz bu markazga kelib, eski maşinangizni topşirib, ustiga pul qöşib, yangi maşina minib ketişingiz mumkin. Bunda quyidagilarni alohida taʼkidlaş joiz:
👉 tuşunişimça, eski maşinangizni yangisiga almaştiriş tartibi quyidagiça böladi:
1) eski maşinangiz bilan markazga borasiz. Sizni kutib olişadi va maşinangizni avval yaxşilab yuvişadi;
2) şundan söng mutaxassislar maşinangizni dastlabki körikdan ötkazişadi va baholaydi. Aytişlariça, eski maşinaga qöyiladigan baho köça narxidan köp ham farq qilmas ekan. Ahamiyatli tomoni markazda bir neçta dilerlar eski maşinalarni sotib olişi mumkin, şu sababli ular orasida özaro raqobat ham böladi va bundan avvalo mijoz yutadi;
3) agar siz aytilgan narxga rozi bölsangiz, unda keyingi jarayonlar boşlanadi. Maşinangiz töliq texnik körikdan ötkaziladi. Agar maʼlum bir jihozlarni almaştiriş kerak bölsa, almaştiriladi. Böyaş kerak bölsa, böyaladi. Tuzatiş kerak bölsa, tuzatiladi;
3) barça jarayonlar yakunlangaç, rasmiylaştiriş bosqiçiga ötiladi. Qulaylik yaratiş uçun markazda notarius hamda YHXDX organlaridan vakillar böladi;
4) Mijoz oradagi farqni tölagaç, eski maşina bilan bir vaqtda yangi olinayotgan maşina uçun ham oldi-sotdi şartnomalari imzolanadi. Bunda yurilgan avtomobilning qiymati yangi avtotransport vositasi uçun tölovdan ayirib taşlanadi;
5) taxminan 3 soatlar içida (bu eski maşinaga ketadigan texnik xizmat körsatiş vaqtiga boğliq) mijoz yurilgan maşinasini topşirib, örniga yangi maşinani minib ketişi mumkin böladi.
👉 markazda özgalar topşirib ketgan eski maşinalarni arzonroqqa sotib oliş ham mumkin böladi. Bunda bozordan asosiy farqi yurgan maşinaning yuridik “toza”ligi va “kasallik tarixi” haqiqiyligiga işonç hosil qiliş mumkin böladi;
👉 markazda taʼmirlaş va böyaş angarlari ham bölib, ular zamonaviy jihozlar bilan taʼminlangan;
👉 ehtiyot qismlari dökoni ham işlab turibdi. Uşbu dökondan UzAuto Motors maşinalariga tegişli “zavodskoy” ehtiyot qismlarni birmunça arzonroqqa sotib oliş mumkin;
👉 yana bir öziga xos tomoni, bu yerda avtotyuning markazi ham işlamoqda. Maşinasini davlat standartiga mos ravişda tyuning qilişni istaganlar uçun ayni muddao bu;
👉 trade-in.uz sayti işga tuşirilgan, unda mijoz dilerlarda sotuvga qöyilgan minilgan avtomobillarning ayni kundagi narxini bilişi, xizmat haqida batafsil axborot oliş mumkin. Şuningdek, saytda avtomobil narxi kalkulyatori bor, u onlayn rejimida mijozga minilgan avtomobilning taxminiy narxini aniqlab beradi;
👉 texnik jarayonlar vaqtida mijozlar zerikib qolmasligi uçun bepul kofe beriladi, bolalar maydonçasi, bilyard va PlayStation markazi ham işlab turibdi. Şuningdek, yuzlab velosipedlardan birini olib, sayr qiliş mumkin. Bularning barçasi tekin;
👉 taşkilotçilarning aytişiça, yaqin orada markaz yanada kengayar ekan. Uning yonidan juda katta maydonda kovorking markazi, 3D laboratoriya, dasturçilar uçun öquv markazlari taşkil qiliş rejalaştirilayotgan ekan. Bular ham mutlaqo tekin faoliyat yuritadi, deyişdi.
Umuman olganda, taassurotlar ijobiy. Şu kabi markazlarni har bir hududda taşkil qiliş kerak. Bundan taşqari hali tizim töliq işga tuşmagani uçun, uning kamçiliklari haqida biror narsa deyiş qiyin, vaqt ötişi bilan iziga tuşib ketadi, degan umiddamiz.
Yaxşi yangiliklar köpayaversin.
UzAuto Motors Service & Trade-In Center manzili: Toşkent şahar, Yaşnobod tumani, Elbek köçasi, 61 uy (möljal: “Döstlik” metro bekati).


