UzAuto Motors Trade-In tizimi muhokama qilindi

Matn23-noyabr, 2019, 19:022 daqiqa0 koʻrish

​​UzAuto Motors Service & Trade-In Center hududida Trade-IN tizimi (eski maşinani topşirib, yangisini minib ketiş) faoliyatining oçiq muhokamasi ötkazildi.

Muhokama döstona ruhda ötdi, bu bilan kompaniya vakillari oçiq muloqotga tayyor ekanligiga işora berişdi göyoki. “Özavtosanoat” AJ boşqarma boşliği Şuxrat Mirsamukov hamda boşqa masʼullar Özbekiston uçun yangilik bölgan Trade-IN tizimi haqida, qisqa vaqt içidagi körsatkiçlar, kelgusidagi rejalar haqida sözlab berişdi. Asosiy tezisdan şuni tuşundimki, hali bu tizim biz uçun yangilik, şu sababli unga baho berişga hali erta.

Şuningdek, yiğilganlar savollar va öz takliflarini aytişdi.

Xususan, men ham bir taklifni berdim. Xalqimizning odatlari va imkoniyatlaridan kelib çiqib, öylasak, eski maşinasini topşirib, ustiga pul qöşib yangi maşina minib ketişga unçalik örganişmagan. Ular eski maşinasini köçadan ança arzonga baholaşadi, deb öylaşadi. Şuningdek, yangi maşina uçun örtadagi farq ham katta summani taşkil qilişi mumkin. Şu sababli, eski maşinani berib, bir söm bermasdan yangisini minib ketiş tizimini yölga qöyişni taklif qildim. Mijoz tölaşi kerak bölgan örtadagi farqni 1 yoki 2 yil davomida bölib-bölib tölasin. Ana şunda, eski maşinamni ikkilamçi bozordan sal arzonroqqa baholaşsa ham rozi bölardim, masalan.

Mutasaddilar bu taklifni öylab körişlarini aytişdi. Umuman kelgusida köp rejalar bor ekan bu borada.

Sizning Trade-IN tizimiga oid qanday takliflaringiz bor? Izohlarda öz fikrlaringizni qoldirişingiz mumkin, har bir taklif kompaniya vakillari tomonidan albatta körib çiqiladi.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek