Jurnalist Mahmud Saʼdiy 80 yoşida vafot etdi

Matn23-noyabr, 2019, 16:221 daqiqa0 koʻrish

Manba:Daryo — LIVE

​​Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Mahmud Saʼdiy vafot etdi

Bugun, 23-noyabr kuni Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Mahmud Saʼdiy 80 yoşida vafot etdi, deb xabar bermoqda ÖzA.

Mahmud Saʼdiy 1939-yil Samarqand viloyatining Narpay tumanida tuğilgan. Maktabni tamomlaganidan keyin hozirgi Özbekiston Milliy universiteti filologiya fakultetining jurnalistika bölimida öqigan.

«Şarq yulduzi» jurnalida adabiy xodim, bölim mudiri, «Guliston» jurnalida katta adabiy xodim, bölim mudiri, «Özbekiston adabiyoti va sanʼati» gazetasida bölim mudiri, «Maʼrifat» gazetasida maxsus muxbir, şarhlovçi, bölim muharriri vazifalarida işlagan. Sönggi vaqtlarda «Maʼrifat» gazetasida işlaş bilan birga Jahon tillari universitetida yoşlarga dars bergan.

Mahmud Saʼdiy Özbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari uçun «Tahrir sanʼati» öquv dasturini yaratgan.

«Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist» unvoni hamda «Özbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil» kökrak nişoni bilan mukofotlangan. 2019-yilda esa «Fidokorona xizmatlari uçun» ordeni bilan taqdirlangan.

https://t.me/joinchat/AAAAAD63OEHkQHOlfdglMg

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. 23-noyabrning eng muhim xabarlari dayjesti

    09 daqiqa

Yana oʻqing