Şavkat Mirziyoyev rahbarlarning matbuot bilan muomalasi haqida
Manba:davletovuz
Bugun bölib ötgan selektorda Şavkat Mirziyoyev oçiqlik, amaldorlar masʼuliyati masalasiga töxtalib ötibdi:
“Bugun sizlar bilan yana bir muhim masalani muhokama qilib olişimiz zarur.
Barçangiz körib, bilib turibsiz, bugun jamiyat hayotining barça jabhalarida oçiqlik va şaffoflik taʼminlanmoqda. Zamon tez rivojlanmoqda, xalqimizning dunyoqaraşi özgarmoqda.
Bu borada ayniqsa, ommaviy axborot vositalari katta rol öynamoqda. Ular hayotiy muhim masalalarga eʼtiborimizni qaratib, muammolarni hal etişda bizga kömaklaşmoqdalar.
Demokratik jamiyatning asosiy talablaridan biri ham şu.
Şuni esdan çiqarmaylik, matbuotni faoliyatimizni aks ettiruvçi közgu deb bilişimiz kerak. Afsuski, köp yillar davomida biz ana şu közguga qaraşni özimizga ep körmadik.
Oqibatda haqiqiy qiyofamizni körolmay qoldik. Xalqimizga oçiq-oydin maʼlum bölib turgan aybu nuqsonlarimizni tan olmasdan, “men hammadan zörman” deb özimizga bino qöyib, kekkayib yuraverdik. “Yuzing qiyşiq bölsa, oynadan öpkalama” degan dono maqolni butkul unutib qöydik.
Yillar davomida jamiyatimizda qançadan-qança illatlarning tomir otişi, muammolarning yiğilib qolişining asosiy sabablaridan biri ham şu bölgani, ayni haqiqat.
Men bu gaplarni nima uçun aytayotganimni hammangiz yaxşi tuşunib turibsiz. Bugun barça böğindagi rahbarlarning jamoatçilik bilan, ayniqsa ommaviy axborot vositalari bilan muomala madaniyati har qaçongidan ham muhim masalaga aylandi.
Ayrim hollarda rahbarlar tomonidan tanqidni qabul qila bilmaslik, nima qilib bölsa-da, uni tan olmaslikka bölayotgan urinişlarda ham közga taşlanmoqda.
Afsuski, baʼzi rahbarlar xalq bilan, matbuotçilar bilan muloqotda oddiy muomala madaniyatini, maʼnaviyatni unutib qöyişmoqda. Ular tomonidan qilingan murojaatlarga öz vaqtida, xolis javob berilmasligi ham haqli eʼtirozlarga sabab bölayapti.
Özingiz guvoh bölib turibsiz, deyarli har kuni ijtimoiy tarmoqlarda qaysidir rahbarning faoliyati bilan boğliq şov-şuvli xabar tarqalayapti. Ularda berilayotgan tanqidiy materiallarga öz vaqtida xolis, asosli munosabat bildirilmayotgani oqibatida odamlar orasida har xil fikrlar, bahs-munozaralar yuzaga kelmoqda.
Eng açinarlisi, baʼzi rahbarlar jamoatçilik örtasida turli ziddiyatlarga sabab bölişi mumkin bölgan bunday holatlarning oldini oliş örniga, kibru havoga beriliş, öziga bino qöyiş bilan masalani yanada çigallaştirmoqda.
Tuşunaman, har kimning öziga yaraşa ğururi, izzat-nafsi bor.
Lekin rahbar şunisi bilan rahbarki,
u nafaqat özining şaʼnini, balki davlat idorasining obrösini ham saqlaşga masʼul ekanini unutmasligi kerak.
U har qanday tösiq va qiyinçiliklarga, keskin va dolzarb muammolarga duç kelmasin, vaziyatdan oğir-bosiqlik va vazminlik bilan çiqib, faqat qonunga asoslangan töğri qaror qabul qilişi şart.
Şu bilan birga, har qaysi rahbar
öz masʼuliyati va javobgarligini, avvalo öz vijdoni oldida, unga işonç bildirgan
el yurt oldida çuqur anglasa, faoliyatida qatʼiyatlik bilan vazminlik, talabçanlik bilan aql-zakovatni uyğunlaştira olsa, xalqning çinakam mehrini va işonçini qozona oladi.
Xoh u Hukumat aʼzosi böladimi,
vazir böladimi, xoh hokim böladimi yoki prokurormi, uşbu talab – barçamizga, ommaviy axborot vositalari xodimlariga ham birdek tegişli.
Buni unutişga heç birimizning haqqimiz yöq”.
P.S.: Bu sözlarni oxirgi voqealarga öziga xos munosabat sifatida ham baholaş mumkin.

