Rektorlarga majburiy forma va o'qish haftasi haqida murojaat

Matn22-noyabr, 2019, 17:461 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Rektorlarga murojaat

Qiziq, axir qanaqasiga «Narxoz»da majburiy forma bekor qilinişi mumkin? Bizning taʼlim tizimimizda talaba galstuk taqmasa yoki uzun paypoq kiymasa, heç qanaqa ilm oliş mumkin emasligini isbotlab berişgandiku. Maʼnaviyatimiz, qadriyatlarimiz qayerda qoladi?! Eh, endi nahotki «narxoz» talabalari ilmsiz bölib qolişsa... Bömapti, majburiy formasiz talaba ham talabami?!

5 kunlik öqiş degani - bu nimasi böldi? Axir talaba köproq öqişi kerak, uni butun hafta davomida darslarga kömib taşlasak, yuklamalarni köpaytirib, mustaqil taʼlim uçun bir daqiqa ham böş vaqt qoldirmasligimiz kerak emasmi?

Hurmatli boşqa OTMlarning rektorlari, Sizlar zinhor bu işni qila körmang. "Çirigan" ğarbga intilayotgan ayrim yangiça qaraşli rektorlarning ortidan aslo bora körmang. Siz öşa sovet davridagi almisoqdan qolgan majburiy formayu, 6 kunlik öqişda qolavering. Ana şunda sifat taʼminlanadi. Sizlar töğri yöldasiz, işoning.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek