Jizzaxda OTMga qabul amalga oşirilmayotgani maʼlum qilindi

Matn22-noyabr, 2019, 13:491 daqiqa0 koʻrish

Jizzaxda OTMga qabul amalga oşirilmayapti

Sönggi kunlarda yurtdoşlarimizdan Jizzax şahrida Rossiya Federatsiya bilan hamkorlikda yangi oliy taʼlim muassasasi taşkil etilgani va unga abituriyentlardan hujjat qabul qilinayotgani haqida köplab murojaatlar kelib tuşib, şu töğrisida maʼlumot söralmoqda.

Jizzax viloyatida uçta oliy taʼlim muassasasi: Jizzax davlat pedagogika va Jizzax politexnika institutlari hamda ÖzMUning Jizzax filiali faoliyat körsatadi. Mazkur oliy taʼlim muassasalarida yurtimizdagi barça oliy öquv yurtlarida kabi qabul jarayoni yakunlangan.

Bugungi kunda Özbekistonda 116 ta (95 ta mahalliy, 21 ta xorijiy) oliy taʼlim muassasasi mavjud bölib, ulardan birortasida ham qabul jarayoni olib borilmayapti.

Fursatdan foydalanib, hamyurtlarimizga mamlakatimizda taşkil qilinayotgan yangi oliygohlar, sohaga oid eng sönggi va tasdiqlangan maʼlumotlar bilan vazirlikning rasmiy telegram kanali - @eduuz orqali tanişib borişni tavsiya qilamiz.

OÖMTV axborot xizmati

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek