Xushnudbek Xudoyberdiyev onasini 55 yosh bilan tabrikladi
Bugun men uçun juda quvonçli kun. Nafaqat men uçun, balki butun oilamiz uçun.
Bugun ayajonim 55 yoşga töldilar. Ona haqida gapiriş doim qiyin bölgan. Sababi har qança maqtasangiz ham, ularning mehnatini töliq baholay olmayotgandek tuyulaveradi.
Aslida ham şunaqa-da. Masalan, hozir Sizga ayajonimning hayotimda tutgan örinlari haqida, har bir yutuğimdagi ayajonimning hissalari haqida gapirişim şartmi? Yöq, buni taʼkidlaşimning özi ularning hissasini kamaytiriş böladi-ku.
Xullas, men ular haqida faqat bir narsani aytişim mumkin: mening tengi yöq AYAJONIM!
Şunday ota-onaning farzandi qilib dunyoga keltirgani uçun Yaratganga behisob şukr.
Ilohim, baxtimizga umrlari uzoq bölsin. Baxt-u saodatda yaşasinlar, nevaralari, evarali, çevarali qurşovida hoji ona bölib, dadajonim bilan umrguzaronlik qilişlarini nasib aylasin.
Ayajonimning doim aytadigan asosiy ögitlari bor: «Öğlim, asosiysi birovni haqqiga hiyonat qilma, halol yaşa, doim yaxşilik qilişga harakat qil, oyoğing yerdan uzilib ketmasin. Sen yolğiz farzandimizsan, kelajakdagi bor umidimiz, bor işonçimiz sensan, şuning uçun heç qaçon yuzimizni yerga qaratadigan iş qilmagin».
Menga bergan tarbiyangiz uçun katta rahmat, ayajon!
Negadir şu yerga kelganda, közim...
Böldi, boşqa yoza olmayman, uzr...

