Milliy tiklanish va O‘zLiDeP o‘rtasidagi qonuniy bahs
Qonun nomini bilmaydigan partiya
«Milliy tiklaniş» partiyasi ham ÖzLiDePning bayonotidagi ayblovlarga jimgina qarab turmabdi. Ular ham javob berişibdi.
Va ularning deyarli barça fikriga qöşilaman. Qonun tomondan yaxşi şarhlab berişibdi. Lekin aytilmagan hali yana gaplar bor. Vaqti-soati kelganda ularni ham bilib olasiz, nasib.
«Milliy tiklaniş» özining javobida ÖzLiDeP bayonotida asosiy qonun nomini ham notöğri yozişganiga eʼtibor qaratgan. Bayonotning 4 ta joyida «Fermerlik töğrisida», 1 ta joyida esa «Fermerlar töğrisida»gi qonun deb yozilgan. Aslida esa qonun nomi «Fermer xöjaligi töğrisida» deb nomlanadi. Mmdaa, partiya özining asosiy elektoratiga taaluqli qonun nomini bilmasa, ğalati bölarkan, rostdan.
Andişaning otini - qörqoq
ÖzLiDeP partiyasiga aloqasi bor ayrimlar yoki feyk akkauntlar Feysbukda şaxslarni yerga uriş bilan band. Ular mening sukutimni mağlubiyat yoki xato qilganlikka yöyişmoqda va bundan xursand. Ularga yana qayta baralla aytmoqçiman: haliyam öz fikrimda sobitman, nodavlat notijorat taşkilotlarga tadbirkorlar yoki fermerlarni majburlab aʼzo qiliş mumkin emas, mening fikrimça, bu Konstitutsiyaga zid! Tamom vassalom!
Sukutim sababi esa, asosiy masala qolib, şaxsiyatga ötilgan joyda javob berişga şoşilmayman. Agar şoşsam, xolisligimga taʼsir qilişi mumkin.
Nega aynan hozir?
Bu masalani ayni saylov payti atay kötardi, nega ilgari yozmagan, deyayotganlar ham adaşmoqda. Uşbu masala haqida qonun çiqqan kuniyoq kanalimda fikr berganman, notöğriligini aytganman yoki qolganlarning fikrlarini ulaşganman. Ayrimlarga öxşab, faqat saylovga yaqin qolganda faollaşib, osmondan tuşganday gapirganimiz yöq. Istasangiz, quyidagi havolalar orqali öşa postlarni öqib körişingiz mumkin:
1) Yana bitta majburiy aʼzolik – nimalar bölyapti özi?!
2) Qonunlarimizdan parçalar
3) Rasul Kuşerbayevning qonunga qarşi fikrlari
4) Qonunsizlik odati: bu yaxşimi, yomon?!
5) Tadbirkorlarni majburlab SSPga aʼzo qiliş haqida
👉 @xushnudbek 👈



