Muallifning otasi 58 yoşga töldi
Foto1-yanvar, 2021, 01:361 daqiqa0 koʻrish
1-yanvar kuni oilamizdagi asosiy bayram — dadamning tavallud topgan kunlari. Bugun oilamizning boşi, suyangan toğimiz, işongan ustunimiz 58 yoşga töldilar.
Baʼzan öylab qolaman, kelgusida men ham dadamdek yaxşi ota böla olarmikinman? Farzand tarbiyasida dadamdek sobit tura olarmikinman? Rizq topişda dadamdek halol böla olarmikinman? Bular qölimdan kelarmikin? Bilmadim, bilmadim. Dadamdek bölişim qiyin.
Ota-onasi hayot insonlar - dunyodagi eng baxtli va eng boy insonlar. Şubhasiz. Ularning qadriga yetaylik!

