2020-yil sarhisobi va şaxsiy taassurotlar
0:00 / 15:10
2020-yil ortda qolmoqda. Qiyin va murakkab yil böldi. Sinovlar yili böldi.
Va eng asosiysi tajribalar yili böldi. Xatolarimizni körib, ulardan töğri xulosalar çiqaradigan yil böldi.
Har neki bölmasin, 2020-yilni yomon körib qolganim yöq, uni yaxşi taassurotlar bilan eslayman. Çunki u men uçun butun umrga unutilmas yil böldi — ota böldim! Bu ötkinçi dunyoning butun dardu taşvişlari farzandingizning birgina kulgusiga arzimasligini tanamda his qildim. Bu qandaydir ajib, özgaça his. Taʼriflaşga qiynalaman.
Lekin birinçi farzand sizniki bölmas ekan, u bobo-buvisiniki bölarkan :) Ota-onangiz farzandingiz tufayli yana bolalikka qaytar ekan. Baxtimga omon bölişsin, ilohim.
Sizdaçi? Siz 2020-yildan qanday xulosalar çiqardingiz? Qanday xursandçiliklar, qanday sinovlarga duç keldingiz? Şular haqida fikrlaringizni qoldiring.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2



