Qahramon ota va intiluvçan qiz haqida hayotiy voqea

Matn15-iyul, 2021, 22:163 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Qahramon ota hamda intiluvçan qiz haqida hayotiy voqea

Feysbukda bloger Aqida Hanum yozyapti:

«Yaşasin mehribon otalar!

Treningni birinçi kuni yakunlanib, jamoa bilan keçki ovqatni tanovvul qilib xonamga kirdim. Hovli tarafdagi balkonga kitob öqimoqçi bölib çiqdim. Şu payt telefonim jiringladi.

-Labbay?

-Opajon, assalomu alaykum!

-Vaalaykum assalom!

-Mani tanimadingiz-a???))

-Yöööq, uzr singlim (

-Aqidapoo, man Muslimaman!

-Voooy, qiziii! Yaxşimisiiiiz?

Yarim soatça gaplaşdik. Bu qiz karantinda rözğor tarqatib yurganimizda bizga aloqaga çiqqandilar. Dadalari işsiz qolganlar, özi örtahol oila. Ota oddiy işçi. Ona uy bekasi, uç nafar farzandning kattasi şu qiz, undan keyin ikkita uka bor.Ular hali maktabga çiqişadi. Yigitlarga ularning manzilini bergandim, borib rözğor taşlab kelişgandi.
Mana bir yil ötib singlimiz telefon qilibdilar. Xursandçilikdan yiğlab ham oldilar.

Xullas, yuqorida aytganimdek oila örtahol, ibodatli, halol insonlar. Adalari nihoyatda kamtar. Feysbukda bormilar yöqmi, söramabman.

Xullas, bu singlimiz 3D dizaynerlikka qiziqqanlar, tabiiyki öqiş puli arzon emas, 3D yasaydigan dastur işlatsa böladigan noutbuk ham qimmat. Oyilari “qiz bolaga nima zaril öqib, şunça xarajat ketkazib. Adang sani öqişingga tölaydilarmi, rözğor qiladilarmi? Bu yoqda ukalaring bor” deganlar. Singlimiz endi orzularim uşalmas ekan deb, köngillari çökib qolgan. Ota qizni mahzun bölib qolganini sezib, ona bilan gaplaşganlar. Ona yana öşa gapni takrorlagan: «Qiz bola öqib şahar olib berarmidi».
Ota “bu uyda meni aytganim böladi”, deb şart uydan çiqib ketganlar. Uyda hamma sarosimada. Qiz onadan taʼna-yu daşnom eşitgan, otangni jahlini çiqarding, deb. Ukalar ham qöşilgan.

Ertasi kuni ota odatdagidan keçroq kelib, qiziga ertaga tayyor bölib tur, bir joyga boramiz degan. Hamma hayron va xavotirda, tinçlikmikan deb.

Ertasiga barvaqt ota va qiz uydan çiqib, avtobusda markazga kelib, bir öquv kursiga kirişadi. Ota bir kun oldin öşa qizi aytgan kurslarga kelib, gaplaşib ketgan ekan. Qiz hayronligidan közlari katta-katta oçilib turavergan, u yerdan çiqib "Malika"ga borişibdi, ota katta summaga qiziga noutbuk olib bergan. Qiz şunaqa quvonganki, öşa yerning özida ham kulib, ham yiğlab «Rahmat, dadajoniiim» deyişdan nariga ötolmabdi, hayajondan.
Uyga qanot qoqib borişsa, ona noroziroq turgan ekan, nimadir piçing qilgan ekanlar, ota bir nigoh taşlab, “men tirik ekanman, qizimni taşlab qöymayman. Qizim öqiydi, katta odam böladi, baxtiniyam beradi. Bu mavzu yopildi” debdilar.

Ertasidan qiz öqişlarini boşlagan, mana şunça vaqt ötibdi, iş ham topilgan. “Opa, zakazlaram tuşyapti, birinçi oyligimni dadajonimga va oyijonimga berdim. Dadam yiğlavoray dedilar, “oppoq qizim, sen bilan faxrlanaman” deb peşonamdan öpib qöydilar. Öşanda menga noutbuk va öqişimga pul topib beriş uçun 2 smenada işlaşga boşliqlari bilan kelişib olgan ekanlar.
“Opa, endi maşinaga harakat qilmoqçiman, dadajonim öqimaganlar, oddiy işçilar, meni orqamda şunça turib berdilar endi men ularni xursand qilmoqçiman, fevralda tuğilgan kunlari, pul yiğişni boşladim, hozirça 1875 $ yiğdim” dedilar.

Rosti juda quvondim.

Qizlariga qahramon bölgan, qizlariga qanot bergan, qizlariga mehribon bölgan otalar, joningiz soğ bölsin!

Özingizdek yaxşi kuyovlar uçrasin qizlaringizga.

Mard, halol, mehribon va haqiqiy erkaklar ana şunday böladilar! Sizlarni judayam hurmat qilamiz, işoning».

Post tugadi.

P.S.: uşbu postga özimdan biror izoh qöşmoqçi edim, lekin nima deyişni bilmadim. Yaxşisi xulosani kanalimiz muştariylariga qoldiraman.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek