Bolakay bilan suhbat: mehnatsevar Ilhomning hikoyasi

Matn21-avgust, 2019, 22:013 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

#keçki_pozitiv

Bolakay bilan suhbat

Yaqinda bölgan voqea. Işdan qaytayotib, yöldagi supermarketga töxtadim. Kerakli narsalarni xarid qilib, endi maşinaga ötirib ketayotgandim, bir bolakay yugurib keldi va “Aka, falon joygaça olib borib qöying” dedi. Yölim bölganligi uçun, “ötiring” dedim.

Maşinaning oldiga ötirgaç, yölga çiqdik. Bola çöntagini kavlab, söz boşladi:

- 2 ming söm bersam böladimi?
- Yöğey, qöyavering, pulingiz şartmas.
- Olavering, aka, Siz ham köçaga bola-çaqamni boqaman deb çiqqansiz-ku.

Bolaning hozirjavobligi zavqimni keltirdi va kulib yubordim )) Uning suhbatini olgim keldi.

- Neçançi sinfda öqiysiz?
- 6-sinfda, lekin hozir işlayapman.
- Qayerda işlayapsiz?
- Paynet’da, programmistga şogird tuşganman.
- Nima iş qilasiz uyoqda?
- Har xil işlar. Paynetdan pul tölayman, telefonlarga qöşiq, programma yozaman, 3x4 rasm çiqaraman, fotoşop qilaman, laminatsiya, kserokopiya qilaman.
- Rasmga ham öziz olasizmi?
- Ha, özim. Bu işlar unça qiyinmas. Agar mabodo kimdir qiyinroq iş sörab çiqib qolsa, unda ustozimni kutib turişini aytaman.
- Oylik ham beradimi ustozingiz yoki şunçaki yordam berasizmi?
- Yöq, oylik beradi. Kuniga 10 ming sömdan.
- Oyiga 300 ming söm bölarkanda?
- Ha, şunaqa. Menga böladida şu pul, aka. Maktabga ust-boşim, daftar-kitobimni qilib olaman.
- Iya, albatta. Şu pulga 1 oy işlayotgan kattalar ham köpku. Birinçi yil işlaşingizmi?
- Yöq, ötgan yili ham işlaganman.
- 5-sinfligingizda nima iş qilgansiz?
- Somsaxonada işlaganman.
- Nima iş qilgansiz u yerda?
- Şu, xamir qorib, somsaga qolip oçişga, somsa tugişga yordam berardim.
- Ötgan yili ham oylik olganmisiz?
- Ha, olganman. 200 ming söm.
- Iya, unda oyligingiz 100 ming sömga kötarilibdi-da?
- Ha, şunaqa, oyligim oşdi. Bu ham mayliyu, ötgan yilgi işim qiyin edi. Yozda somsaxona juda isib ketardi, nafas oliş qiyinlaşib ketardi. Hozir konditsionerli xonada, salqinginada işlab ötiribman, işim ham unça qiyinmas. Lekin ötgan yili yaxşi tomoni, har kuni hovuzda suzardim (kuladi).
- Qoyil. 4-sinfligingizda nima qilgansiz?
- 4-sinfligimda parkda işlaganman. Akalarimga yordam berganman. Yoş bolalarni kiçkina özi yurar maşinalarda aylantirib çiqardim.
- Akalaringiz oylik berişganmi?
- Yöq, lekin maktabga ust-boşimni qilib berişgan.
- 3-sinfligingizda nima qilgansiz? (ajablanib sörayman)
- U paytda işlamaganman, 4-sinfdan işlaşni boşladim.
- Maktab paytida ham işlaysizmi? Öqişingizga xalaqit qilmaydimi bu?
- Ota-onam maktab payti işlaşga ruxsat berişmaydi. Maktab payti töliq darslarga boraman. Faqat yozgi taʼtilda böş ötirmay deb, işlayapmanda. Hunar örgansam özim uçun yaxşiku, aka.

Şu gaplarni aytar ekan, bolakayning ota-onasiga içimda ming rahmat aytdim. Farzandining öqişini birinçi öringa qöyadigan ota-onalarni körsam, eşitsam, xursand bölib ketaman.

- Öqişingiz yaxşimi özi? Neça bahoga öqiysiz?
- Ha, yaxşi, 4-5 bahoga öqiyman. Maktabimni yaxşi köraman, ustozlarimiz ham yaxşi.

Şu joyga kelganda, bola aytgan manzilga yetib keldik. Tuşar ekan, 2 ta ming sömlikni uzatdi. “Özingizga olib qöyavering, rostdan yöl-yölakay olib keldim” dedim. “Rahmat, aka, umringizdan baraka toping” deya maşinadan tuşib, uzoqlaşa boşladi.

Şunda birdan yodimga tuşdiyu, şoşilib “Ismingiz nima?” deb söradim. “Ilhom” dedi uzoqdan.

========

Bilimni birinçi öringa qöyadigan, maktabini sevadigan, lekin şu bilan bir qatorda zaruriyat tuğilganda mehnatdan qoçmaydigan, ota-onasiga, oilasiga yordam bölsin deb, kasb va hunarga mehr qöygan, şijoatli, sofdil va eng asosiysi kelajakdan katta umidi bor, közi yonib turgan Ilhomlar köpayaversin, deb niyat qildim.

👉 @xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek