Temurbeklar maktabi bitiruvçilariga beriladigan imtiyozlar

Matn21-avgust, 2019, 18:551 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Yuqoridagi postga qöşimça:

Muştariylarda tuşunmovçilik bölmasligi uçun, izoh bersam. Köpçilik «Temurbeklar maktabi» nomli taʼlim muassasalari endi paydo bölgan bölsa, bitiruvçilar qayerdan keldi, deb hayron bölişmoqda.

«Temurbeklar maktabi» nomi ilk bora 2017-yil 5-iyuldagi Prezident Farmonida tilga olingan hamda respublikaning barça harbiy akademik litseylariga «Temurbeklar maktabi» nomi berilgan edi.

Ammo gap boşqa joyda. Joriy yilgi 28-iyundagi Qarorda esa 5 ta yangi «Temurbeklar maktabi» taşkil qilindi (pastdagi suratga qarang). Va Qarorning 8-bandida imtiyoz bali ham aynan şu 5 ta harbiy litseyning bitiruvçilariga berilişi aytildi. Ammo uşbu yangi «Temurbeklar maktabi»ga qabul kelasi, 2020-yildan boşlanişi belgilangan.

Şundan kelib çiqib, uşbu qöşimça ball şaklidagi imtiyozning avvalgi harbiy litseylarga aloqasi yöq, deb hisoblayman. Bu albatta mening şaxsiy fikrim. Va bu rasmiy xarakterga ega emas.

Bundan taşqari yuqoridagi postdagi asosiy savol — «Temurbeklar maktabi» bitiruvçilariga nima uçun ball qöşilyapti? Joriy yildami, keyingi yildami, farqi yöq, nega qöşimça ball berilişi kerak?

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek