DTM apellyatsiya shikoyatlari bo‘yicha eslatma berdi
DTMning apellyatsiya böyiça eslatmasi
DTM özining rasmiy sahifasida apellyatsiya beriş mumkin bölgan hududiy bölinmalarning manzillari va boğlaniş uçun telefon raqamlarini eʼlon qildi:
https://t.me/rasmiydtm/169
Va apellyatsiya şikoyatini elektron şaklda yuboriş uçun info@dtm.uz poçta manzilini körsatişdi.
DTMning elektron arizalar qabul qilişni boşlaşganini qadrlayman, ammo şoşilinçda elektron poçta orqali apellyatsiya şikoyatlarini qabul qiliş yaxşi usul emas.
Çunki Vazirlar Mahkamasining 03.04.2018-yildagi 261-son qaroridagi tartib-qoidalardan bexabar abituriyentlar şunçaki elektron poçtaga «Meni wkoyatm bor» degan 3 ta sözni yozib, na ism-familiyasi, na OTM nomi, na boşqa maʼlumotlarini yuborişi mumkin. Va ular ertaga «men elektron şikoyat qilgandim, lekin meni çaqirişmadi, hammayoqda adolatsizlik», deb gapirib yurişadi.
Yana bir bor taʼkidlayman, elektron apellyatsiya berişning maqbul usullaridan biri, abituriyentlarning şaxsiy kabineti orqali şikoyat yuboriş uçun maxsus sahifa oçiş kerak. Şunda identifikatsiya osonlaşadi, abituriyent ism-şarifi va qöşimça maʼlumotlarini kiritib ötirişga ham hojat qolmaydi.
Apellyatsiya kunini ham şaxsiy kabinet orqali eʼlon qiliş mumkin, xuddi test kuni eʼlon qilingani kabi. Hattoki elektron navbat tizimini qöllab, abituriyentga öşa zahoti qaysi kuni, soat neçida apellyatsiyaga kelişini körsatadigan tizim qilsa böladi.
Albatta bularni qilişga joriy yilda ulgurişmasa kerak, keyingi yilga şuning möljalini qilişsa maqsadga muvofiq bölardi (aslida buni oldinroq öylaş kerak edi).
Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈

