Onamga 20 ming soʻm: oqibatli mardikor hikoyasi

Matn24-iyul, 2020, 11:412 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Onamga 20 ming söm

“Jamiyat” gazetasi boş muharriri Maqsud Jonixonov Feysbukda kundalik hayotimizdagi bir voqeani yozib qoldirdi, şuni Sizlar bilan ulaşgim keldi:

“Hovlida ozgina iş bor edi, vaqt topolmay mardikor olib keladigan böldim. Ular töplanadigan joyga borib maşinani töxtatgandim, 20-30 tasi birdan yopirildi.

Kuniga sakson mingdan çiqaman, nima iş bölsayam qilaveraman, dedi bir yigit.

Uning közlaridagi qandaydir mung meni faqat şu yigitni olib ketişga undadi.

Odamzot qiziq, özi 100 minglarni çamalab kelayotgan edim. Şunday bölsa-da, tortişdim:

— 60 ming beraman, gap tamom.

U bir muddat jim turdi-yu maşinaga ötirdi. Uyga kelib kiyimlarini almaştirdi-da, işni boşladi.

Yarim soatlar ötgaç bonkada sovuq çoy olib, uning kiyimlari yoniga qöyayotganimda bir yozuv daftarçasiga közim tuşdi.

Husnixatning çiroyliligi eʼtiborimni tortdi. Unda "20.07.20. Işim yaxşi bölsa, oyimga 20 ming, singlimga 20 ming, uyga 20 ming, mayda-çuydaga 20 ming deb" yozilgan.

Lekin negadir “uyga 20 ming” degan yozuv ustiga çiziq tortilgan 😳

Demak, bu kela kelgunça mendan oladigan pulini hisob-kitob qilgan. 60 mingga könmasa, işsiz qolişini öylab, aytganimga rozi bölgan. Keyin oladigan pulining uyga işlatadigan qismini öçirgan.

Odamlar bor, jaraq-jaraq pul topadi, ammo singlisi yo opasi tugul tuqqan onasini ham bir yöqlamaydi.

Akalik, ukalik, farzandlik burçini unutib qöygan baʼzilar esa davralarda heç kimga gap bermaydi, lekin suriştirsang neçta aka-ukasi borligini ham esidan çiqargan böladi.

Şular haqida öylarkanman, halol mehnati bilan topadigan puli arzimas bölsa ham oqibatni unutmagan mardikor yigitga tan berdim.

Tan beriş bilan qorin töyarmidi?

Işni tugatgaç, ukamizga juda yaxşi işladingiz, hovlimni gulday qilib qöydingiz, rahmat, deb ikki hissa pul berdim. U avval unamadi.

Endi faqat sizni opkelaman, qölingiz gul ekan, deganimdan söng rozi böldi, çehrasidagi mung tarqaganday böldi.
Va duo qildi.

Qalbi sof, halol, sodda odamlarning bunday duolaridan keyin yayrab yaşaysan...”

Post tugadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek