Özbekistonda uç darajali pensiya tizimi joriy etiladi

Matn22-noyabr, 2019, 09:201 daqiqa0 koʻrish

Manba:Daryo — LIVE

​​​Özbekistonda pensiya tizimi isloh qilinadi. Xodim pensiya jamğarmasiga ajratiladigan mablağ miqdorini özi belgilaşi mumkin böladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev 21-noyabr kuni bölib ötgan yiğilişda ijtimoiy suğurta tizimini isloh qiliş, şuningdek, uç darajali pensiya taʼminoti tizimiga ötiş orqali pensiya badalini tölaşdan manfaatdorlikni oşiriş zarurligini taʼkidladi.

Bunda, birinçi darajada davlat minimal pensiya miqdorini belgilaydi. Ikkinçi darajada xodimning iş haqidan muayyan summa uşlanib, uning şaxsiy hisob-varağida töplanadi va Markaziy bank qayta moliyalaştiriş stavkasidan kam bölmagan foiz hisoblab boriladi. Uçinçi darajada xodim pensiya jamğarmasiga ajratiladigan mablağ miqdorini özi belgilaydi.

«Bu tizim qöllanilsa, fuqaro kafolatli davlat pensiyasini oliş bilan birga öz xohişiga qarab, pensiya yoşida qança pensiya olişini özi belgilaş imkoniga ega böladi», — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.

Şu bois Moliya vazirligiga Jahon banki va nufuzli moliya taşkilotlari ekspertlari bilan hamkorlikda pensiya tizimini isloh qiliş konsepsiyasini işlab çiqiş, şuningdek, ijtimoiy suğurta turlarini qayta körib çiqiş böyiça topşiriqlar berildi.

https://t.me/joinchat/AAAAAD63OEHkQHOlfdglMg

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek